Juma va dam olish kunlari O‘zbekistonning barcha hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda O‘zgidromet xizmati agentligi xabar berdi.

Agentlik hafta oxirida O‘zbekistonga yana “oltin kuz” qaytib kelganini qayd etib, havo biroz bulutli bo‘lishi, ba’zi joylarda o‘zgarib turishi va shamol o‘rtacha tezlikda esishini bildirdi.

Harorat kechalari +5…+10 daraja iliq, kunduzi +19…+24 daraja iliq, janubda +25…+27 daraja iliqqacha bo‘ladi.

Poytaxtda 3−5-noyabr kunlari havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechalari +7…+10 daraja iliq, kunduz kunlari +20…+23 daraja iliq bo‘ladi.