Toshkent shahri hokimining qaroriga asosan poytaxtda 6-noyabrdan isitish mavsumi boshlanadi, deya xabar bermoqda hokimlik matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, fuqarolarning ko‘plab murojaatlari va meteorologiya xizmati ma’lumotlariga muvofiq, markazlashgan issiqlik ta’minotidan foydalanuvchi iste’molchilarni issiqlik bilan ta’minlash maqsadida 3-noyabr soat 00:00 dan boshlab issiqlik manbalaridan issiqlik muhitining aylanma harakati yo‘lga qo‘yiladi.
6-noyabrdan esa ijtimoiy soha obyektlari va ko‘p xonadonli turar joy binolarini issiqlik energiyasi bilan bosqichma-bosqich ta’minlash ishlari boshlanadi.
Turar joy yoki muassasada issiqlik ta’minoti yoqilishi jarayonida biror-bir muammo va nosozliklar aniqlanganda, quyidagi raqamlariga murojaat qilish mumkin:
- 1055;
- 71 210−01−87;
- 71 210−01−41;
- 71 210−01−11;
- 71 210−01−63.
Shuningdek, hokimlik ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga ham murojaat qilish mumkinligini eslatdi.