Jamiyat

Chery 2023-yilda o‘ndan ortiq mukofotni qo‘lga kiritdi
30 yanvar 2024, 19:00

Chery 2023-yilda o‘ndan ortiq mukofotni qo‘lga kiritdi

2023-yilda o‘ndan ortiq mukofotni qo‘lga kiritgan Chery kompaniyasi e’tiborini avtomobil egalarning talablariga va barqaror sanoat tendensiyalariga qaratishda davom etmoqda.

O‘zbekistondagi 12 ta avtolizing korxonasi mansabdorlariga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi
30 yanvar 2024, 18:04

O‘zbekistondagi 12 ta avtolizing korxonasi mansabdorlariga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

O‘zbekistonda faoliyat yuritib kelgan 12 ta avtolizing korxonasi mansabdor shaxslariga nisbatan huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Raqobat qo‘mitasi fuqarolarni bunday firmalar aldoviga ishonib qolmaslikka chaqirdi.

Toshkentda piyodani urib yuborib, uning o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi 2 yilga qamaldi
30 yanvar 2024, 17:48

Toshkentda piyodani urib yuborib, uning o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi 2 yilga qamaldi

Sud sentabr oyida Toshkentda tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan keksa yo‘lovchini katta tezlikda urib yuborgan Captiva haydovchisiga nisbatan 2 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi. Haydovchi o‘tish joyi oldida boshqa mashinalar turgan bo‘lsa-da, to‘xtamay o‘tib ketgandi.

“Dunyo” axborot agentligiga rahbar tayinlandi
30 yanvar 2024, 15:26

“Dunyo” axborot agentligiga rahbar tayinlandi

Omonulla Fayziyev Tashqi ishlar vazirligining “Dunyo” axborot agentligiga rahbar etib tayinlandi.

Qozog‘istondagi portlash oqibatida ikki nafar o‘zbekistonlik erkak jarohatlandi
30 yanvar 2024, 15:02

Qozog‘istondagi portlash oqibatida ikki nafar o‘zbekistonlik erkak jarohatlandi

Qozog‘istonning Qarag‘anda viloyatidagi ikki qavatli turar-joy binosida gaz balloni portlashi oqibatida 2 nafar O‘zbekiston fuqarosi jarohatlandi. Ular og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizildi. Elchixona holat nazoratga olinganini bildirdi.

Sirdaryo viloyatida “zapravka” 62,4 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
30 yanvar 2024, 14:23

Sirdaryo viloyatida “zapravka” 62,4 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Boyovut tumanida avtomobillarga gaz to‘ldirishga ixtisoslashgan MCHJ 41,6 mln kub metr tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi. Buning ortidan davlatga 62,4 mlrd so‘mlik zarar yetgan. Muassasa mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi ochildi.

Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi (foto)
30 yanvar 2024, 14:03

Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi (foto)

Toshkentda Shavkat Mirziyoyev mamlakatning sobiq prezidenti Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi. Tadbirda hukumat va Prezident administratsiyasi vakillari, shahar jamoatchiligi hamda sobiq prezidentning turmush o‘rtog‘i Tatyana Karimova qatnashdi. Foto.

Qashqadaryo viloyati IIBga yangi rahbar tayinlandi
30 yanvar 2024, 12:43

Qashqadaryo viloyati IIBga yangi rahbar tayinlandi

Abduvoxid Ismoilov Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga boshliq etib tayinlandi. U bungacha Surxondaryo viloyati IIB rahbari bo‘lib ishlagan.

O‘zbekistonda 5 yoshgacha bolalarda bo‘y o‘sishida ortda qolish 6,9 foizni tashkil etdi — hisobot
30 yanvar 2024, 12:35

O‘zbekistonda 5 yoshgacha bolalarda bo‘y o‘sishida ortda qolish 6,9 foizni tashkil etdi — hisobot

Markaziy Osiyoda 2022-yilda 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar orasida bo‘y o‘sishida ortda qolish ko‘rsatkichi 7,7 foizni tashkil etdi. O‘zbekistonda bu ko‘rsatkich 2000-yildagi 28,9 foizdan 2022-yilda 6,9 foizgacha kamaygan. MHTI BMTning oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti hisobotini tahlil qildi.

Qashqadaryoda tovlamachilikda ayblangan bloger 5 yilga qamaldi
30 yanvar 2024, 12:23

Qashqadaryoda tovlamachilikda ayblangan bloger 5 yilga qamaldi

Nishon tumani sudi bloger Abdulhakim Abjalilovni tovlamachilikda aybdor deb topib, 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinladi.

Ko‘p qavatli uylarning yerto‘lalari “Mening uyim” tizimi orqali ijaraga beriladi
30 yanvar 2024, 12:06

Ko‘p qavatli uylarning yerto‘lalari “Mening uyim” tizimi orqali ijaraga beriladi

Prezident o‘tkazgan yig‘ilishda ko‘p qavatli uylarning yerto‘lalarini ijaraga berish masalasi muhokama qilindi. Unda 2000 ta yerto‘la foydalanilmay bo‘sh yotgani, ularni ijaraga berish mahallalarda ish o‘rinlarini yaratib, daromad keltirishi ta’kidlandi.

“Janubiy Ustyurt” va “Markaziy Qizilqum” milliy tabiat bog‘lariga ikkita yo‘ltanlamas topshirildi
30 yanvar 2024, 10:07

“Janubiy Ustyurt” va “Markaziy Qizilqum” milliy tabiat bog‘lariga ikkita yo‘ltanlamas topshirildi

Ekologiya vazirligi hamda BMT Taraqqiyot dasturining qo‘shma loyihasi doirasida Global ekologik fond mablag‘lari hisobidan “Janubiy Ustyurt” va “Markaziy Qizilqum” milliy tabiat bog‘lariga ikkita yo‘ltanlamas avtomobil xarid qilindi.

Surxondaryoda maktab-internatning 30 dan ortiq o‘quvchisi zaharlangani bo‘yicha jinoyat ishi ochildi
30 yanvar 2024, 10:01

Surxondaryoda maktab-internatning 30 dan ortiq o‘quvchisi zaharlangani bo‘yicha jinoyat ishi ochildi

Sariosiyo tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatda 33 nafar o‘quvchi ovqatdan zaharlangani bo‘yicha jinoyat ishi ochildi. Maktabga autsorsing xizmati ko‘rsatgan xususiy korxona iste’molga yaroqsiz mahsulotlardan sifatsiz oziq-ovqat tayyorlagani aniqlandi.

Toshkentda BYD va Chery avtomobillari o‘rtasida YTH sodir bo‘ldi
30 yanvar 2024, 09:21

Toshkentda BYD va Chery avtomobillari o‘rtasida YTH sodir bo‘ldi

Chilonzor tumanida BYD va Chery avtomobillari to‘qnashdi. YTH oqibatida ikkala haydovchi ham shifoxonaga olib borildi.

G‘elonliklar qishni qanday o‘tkazadi? Qishloqdan Xolida Musulmon fotohikoyasi
30 yanvar 2024, 09:15

G‘elonliklar qishni qanday o‘tkazadi? Qishloqdan Xolida Musulmon fotohikoyasi

Qashqadaryodagi G‘elon qishlog‘i — O‘zbekistonning o‘ziga xos maskanlari ro‘yxatidagi borish shart bo‘lgan joylardan biri. Ammo qishda kamdan-kam sayyoh u yerga yetib boroladi. Fotojurnalist Xolida Musulmon Yangi yil arafasi G‘elonda bo‘lib qaytdi. Uning yangi fotohikoyasi — qahratondagi qishloq hayoti haqida.

29-yanvar kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
29 yanvar 2024, 23:20

29-yanvar kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Shahar piyodalar uchun bo‘lishi kerakligini aytgan prezident, korrupsiyadan “tozalanadigan” qurilish sohasi, qoniqarsiz ishlayotgan boshqaruv kompaniyalari, vagonlari ko‘paytiriladigan metropoliten va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Endi avtobus xarid qilishda yo‘lovchilar sig‘imi hisobga olinadi, metro vagonlari sonini ko‘paytirish jadallashtiriladi
29 yanvar 2024, 20:23

Endi avtobus xarid qilishda yo‘lovchilar sig‘imi hisobga olinadi, metro vagonlari sonini ko‘paytirish jadallashtiriladi

Prezident avtobus xarid qilishda ularning yo‘lovchi sig‘imiga e’tiborni kuchaytirish, shuningdek, Toshkent metropolitenining vagonlarini ko‘paytirish chora-tadbirlarini jadallashtirish bo‘yicha topshiriq berdi. Aholining elektromobillarga o‘tishi rag‘batlantiriladi.

Chinoz hokimi Toshkent viloyati hokimi birinchi o‘rinbosari v.b. bo‘ldi
29 yanvar 2024, 17:54

Chinoz hokimi Toshkent viloyati hokimi birinchi o‘rinbosari v.b. bo‘ldi

2021-yilning yanvaridan Chinoz tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Botir Alimbekov Toshkent viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi bo‘ldi.

Toshkent xalqaro aeroportida mehmonxona ochildi (foto)
29 yanvar 2024, 17:52

Toshkent xalqaro aeroportida mehmonxona ochildi (foto)

Toshkent xalqaro aeroportining jo‘nab ketish terminalida mehmonxona ochildi, bu O‘zbekiston uchun birinchisi hisoblanadi. Xonalar narxi 30 dollardan 150 dollargacha bo‘lib, kelgusida yana 4 ta viloyat aeroportlarida shunday mehmonxonalar yo‘lga qo‘yilishi reja qilinmoqda.

Shavkat Mirziyoyev uy boshqaruvchi kompaniyalar faoliyatini qoniqarsiz deb atadi
29 yanvar 2024, 15:43

Shavkat Mirziyoyev uy boshqaruvchi kompaniyalar faoliyatini qoniqarsiz deb atadi

Uy-joy boshqaruv kompaniyalarining ishi qoniqarli emas. 20 mingta ko‘p qavatli uylar aholisi ularning ishidan norozi, dedi Shavkat Mirziyoyev.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting