dayjest

Prezident 2025-yildan Ai-80 benzinidan voz kechish masalasini uzil-kesil hal qilishni topshirdi

Prezident bosh vazirga O‘zbekistonda 2025-yildan Ai-80 benzinidan voz kechish masalasini uzil-kesil hal qilishni topshirdi. Bundan tashqari, og‘ir yuk mashinalari, 10 yildan oshgan avtomobillar hamda Yevro-4 standartidan past yonilg‘ini ishlatishning atrof-muhitga zararini kamaytirish mexanizmlari ishlab chiqiladi.


dayjest

Ish haftasi yomg‘irli bo‘ladi

O‘zbekistonning asosiy qismida dushanba va seshanba kunlari yog‘ingarchilik kuzatiladi. Chorshanbadan Toshkent viloyati va vodiydan tashqari respublikaning katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechalari 0…-5, shimolda −10…−15, kunduzi −3…+5 daraja bo‘ladi.


dayjest

Abdulla Aripov 16 ta tuman hokimlarining lavozimiga loyiqligini ko‘rib chiqadi

Prezident 2023-yilda 16 ta tumanda birorta ko‘p qavatli uy-joy qurilmagani, hokimlar buni reja ham qilmaganini aytdi. Bosh vazirga mazkur tumanlar hokimlarining lavozimiga loyiqligini ko‘rib chiqish topshirildi.


dayjest

“Taxtaqoracha” dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi

Dushanba kuni soat 10:20 dan Kitob tumanidan o‘tgan M-39 avtomobil yo‘lining “Taxtaqoracha” dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi. Bunga kuchli qor yog‘ayotgani sabab bo‘lgan.


dayjest

Prezident havo ifloslanishi muammosiga to‘xtaldi

Shavkat Mirziyoyev havo ifloslanishining oldini olish bo‘yicha ilmiy taklif va hisob-kitoblar qilinmayotgani bo‘yicha tegishli vazirlik, idoralar faoliyatidagi qoloqliklarni tanqid qildi.


dayjest

Transport vaziri va qator mas’ullarga hayfsan berildi

Prezident o‘z tizimida kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun transport vaziri Ilhom Mahkamov, uning birinchi o‘rinbosari Mamanbiy Omarov, IIV YHXB boshlig‘i Olim Saidov va “Toshshahartransxizmat” AJ raisi Anvar Jo‘rayevga hayfsan e’lon qilib, oxirgi ogohlantirish berdi.


dayjest

Adiz Boboyev Hisob palatasi raisi lavozimiga tayinlandi

Iqtisodiyot va moliya vazirining o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Adiz Boboyev Hisob palatasi raisi lavozimiga tayinlandi. Mehriddin Abdullayev esa raisning birinchi o‘rinbosari bo‘ldi.


dayjest

Prezident: “Jamoat transporti qamrovi bor-yo‘g‘i 25 foiz ekani — tizimga berilgan baho”

“O‘zbekistonda jamoat transporti haligacha odamlarga sifatli xizmat ko‘rsatadigan tizimga aylangani yo‘q. Qamrov bor-yo‘g‘i 25 foiz ekani — tizimga berilgan baho”, — deb ta’kidladi prezident. 2024-yilda hududlar uchun 1200 ta avtobus va elektrobus xarid qilinadi.


dayjest

O‘zbekistonda qurilish qanday qilib “korrupsiyasiz soha"ga aylantiriladi?

O‘zbekiston prezidenti qurilishni “korrupsiyasiz soha"ga aylantirish choralarini ma’lum qildi. Shu maqsadda 1-iyuldan boshlab barcha qurilish shartnomalari raqamlashtiriladi, pudratchilarning ishlari faqat elektron hisob-faktura asosida moliyalashtiriladi va boshqa chora-tadbirlar amalga oshiriladi.


dayjest

2023-yilda 4 mingga yaqin noqonuniy qurilish ishlari amalga oshirilgan

O‘zbekistonda 2023-yilda 4 mingga yaqin noqonuniy qurilish holati aniqlandi. Shuningdek, so‘nggi ikki yilda ko‘p qavatli uylarga tutash maydonlarda 7 mingdan ortiq o‘zboshimcha qurilish bo‘lgan, yana 5 mingta holatda umumiy foydalanishdagi joylar to‘sib olingan.


dayjest

“Shahar piyodalar uchun bo‘lishi, avtomobillar esa hashamatga aylanishi kerak” — Shavkat Mirziyoyev

O‘zbekiston prezidenti bosh vazir o‘rinbosari Achilbay Ramatov va boshqa mas’ul rahbarlarga Toshkent shahridagi tirbandliklar muammosini hal etish bo‘yicha takliflar tayyorlashni topshirdi. “Barcha rahbarlar „Shahar — piyodalar uchun“ shiorini o‘zining asosiy tamoyiliga aylantirishi kerak”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.


dayjest

Qurilish ishlarida “resurs usuli"dan “hajm usuli"ga o‘tiladi — prezident

Prezident qurilish loyihasi, tender, obyektni qabul qilishda korrupsiya uchrab turgani, ayrim quruvchi tadbirkorlar yashirin ishlashga majbur bo‘layotganini aytdi. Endi qurilish ishlarida “resurs usuli"dan voz kechilib, “hajm usuli"ga o‘tiladi. Unda pudratchidan yakuniy natija so‘raladi.


dayjest

O‘zbekistonda 250 milliondan ortiq daraxtning raqamli xaritasi yaratildi

Ekologiya vazirligi aerokosmik tasvirlar orqali 5 va undan katta yoshli 254 mln dan ortiq daraxtning raqamli xaritasini tuzdi. 200 mingdan ortiq daraxt xatlovdan o‘tkazilib, ma’lumotlar elektron platformaga kiritildi. Toshkent shahrida esa daraxtlar sinov tariqasida pasportlashtiriladi.


dayjest

Qurilish vazirligida Loyiha ofisi tashkil etiladi

Qurilish vazirligida Loyiha ofisi tuziladi. U qurilishda loyihalashtirishni tartibga solish maqsadida tashkil etilmoqda.


dayjest

Chinoz hokimi Toshkent viloyati hokimi birinchi o‘rinbosari v.b. bo‘ldi

2021-yilning yanvaridan Chinoz tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Botir Alimbekov Toshkent viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi bo‘ldi.


dayjest

Prezident — havo ifloslanishi, ekologik reyting va Toshkent bo‘ylab “yashil belbog‘lar” yaratish haqida

Prezident ekologik muammolarga to‘xtalib, Toshkent shahrida chiqindi gazlar miqdori yuqoriligini ta’kidladi. Hududlarning ekologik reytingini joriy etish, korxona, sement zavodlarida chang va gaz tozalash uskunalarini o‘rnatish, poytaxt atrofida “yashil belbog‘” yaratish va boshqa ko‘rsatmalar berildi.


dayjest

Shavkat Mirziyoyev uy boshqaruvchi kompaniyalar faoliyatini qoniqarsiz deb atadi

Uy-joy boshqaruv kompaniyalarining ishi qoniqarli emas. 20 mingta ko‘p qavatli uylar aholisi ularning ishidan norozi, dedi Shavkat Mirziyoyev.


dayjest

Qator davlatlar BMTning falastinlik qochqinlar bo‘yicha agentligini moliyalashtirishni to‘xtatdi

AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya va Yaponiya kabi davlatlar BMTning falastinlik qochqinlar bo‘yicha agentligi (UNRWA)ni moliyalashtirishni vaqtincha to‘xtatdi. Bunga tashkilot xodimlari HAMASning Isroilga hujumiga aloqadorlikda ayblagani sabab bo‘ldi. BMT rahbari tergov boshlanganini e’lon qildi.


dayjest

Endi avtobus xarid qilishda yo‘lovchilar sig‘imi hisobga olinadi, metro vagonlari sonini ko‘paytirish jadallashtiriladi

Prezident avtobus xarid qilishda ularning yo‘lovchi sig‘imiga e’tiborni kuchaytirish, shuningdek, Toshkent metropolitenining vagonlarini ko‘paytirish chora-tadbirlarini jadallashtirish bo‘yicha topshiriq berdi. Aholining elektromobillarga o‘tishi rag‘batlantiriladi.


“Gazeta.uz"da e’lon qilingan maxsus materiallar:

dayjest

Toshkent xalqaro aeroportida mehmonxona ochildi (foto)

Toshkent xalqaro aeroportining jo‘nab ketish terminalida mehmonxona ochildi, bu O‘zbekiston uchun birinchisi hisoblanadi. Xonalar narxi 30 dollardan 150 dollargacha bo‘lib, kelgusida yana 4 ta viloyat aeroportlarida shunday mehmonxonalar yo‘lga qo‘yilishi reja qilinmoqda.