Omonulla Lutfullayevich Fayziyev Tashqi ishlar vazirligi “Dunyo” axborot agentligiga rahbar etib tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Fayziyev 1985-yilda tug‘ilgan. Jahon tillari universitetinining bakalavr (2007-yil) va magistratura (2009) bosqichlarini tamomlagan. 2012-yilda Prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini bitirgan.

Mutaxassisligi bo‘yicha — xalqaro jurnalist, xalqaro iqtisodiy munosabatlar magistri.

U ilgari “Xalq so‘zi” gazetasida ishlagan, shuningdek, 2020-yildan buyon TIV tizimida faoliyat yuritib kelgan.

Ma’lumot uchun, “Dunyo” axborot agentligi prezidentning 2018-yil apreldagi farmoniga binoan “Jahon” axborot agentligi negizida tashkil etilgan.