Davlat xavfsizlik xizmati Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida avtomobillarga gaz to‘ldirishga ixtisoslashgan shoxobcha tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganini aniqlandi.

telegram_post]xavfsizlik_uz/1018[/telegram_post]

Ta’kidlanishicha, shoxobcha gaz hisoblagich uskunasidan tashqari baypas liniyasi orqali tabiiy gazga ulanib, uni mijozlarga sotib kelgan. “O‘zenergoinspeksiya”ning dastlabki hisob-kitobiga ko‘ra, tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanish orqali 41 mln 666 ming kub metr gazdan noqonuniy foydalanilgan. Oqibatda MCHJ davlat manfaatlariga 62 mlrd 488 mln so‘m miqdorida zarar yetkazgan.

Holat yuzasidan MCHJ mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi (Juda ko‘p miqdordagi o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Agar ularning aybi tasdiqlansa, shoxobcha rasmiylari 8 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.