Jamiyat

5 avgust kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
5 avgust 2022, 22:00

5 avgust kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Issiq dam kunlari, soliq maslahatiga oid yangi qonun, Navoiyda ochiladigan Xalqaro shaxmat maktabi, deputatlar oldida hisobot beradigan IIB boshliqlari, Nukusdagi holat haqidagi «Gazeta.uz» maqolasini «yolg‘on» degan deputat, asorat bilan tug‘ilayotgan chaqaloqlar va boshqalar — «Gazeta.uz» da kun dayjesti.

Samarqand viloyatida Damas avtomobilida 18 yo‘lovchi tashildi
5 avgust 2022, 20:53

Samarqand viloyatida Damas avtomobilida 18 yo‘lovchi tashildi

Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanida to‘xtatilgan Damas avtomobilida 18 nafar yo‘lovchi — kattalar va bolalar olib ketilayotgani aniqlandi.

Qirg‘izistonda o‘zbekistonliklar tranziti uchun sharoit yaratish so‘ralmoqda
5 avgust 2022, 18:31

Qirg‘izistonda o‘zbekistonliklar tranziti uchun sharoit yaratish so‘ralmoqda

Qirg‘izistonda deputat hukumatdan O‘sh aeroportida taksichilar ustidan shikoyat qilayotgan o‘zbekistonlik yo‘lovchilarning tranziti uchun qulay shart-sharoitlar yaratishni so‘radi. «O‘zbekiston fuqarolari O‘sh orqali o‘zlariga xush kelganidan uchib o‘tayotgani yo‘q. Shunda chipta 150 dollarga arzonroq bo‘ladi», — deydi u.

Toshkentda avtomobil urib yuborishi natijasida piyoda halok bo‘ldi
5 avgust 2022, 16:54

Toshkentda avtomobil urib yuborishi natijasida piyoda halok bo‘ldi

Toshkentning Abdulla Qodiriy ko‘chasida Lacetti avtomobili haydovchisi bir insonni urib yubordi. Piyoda voqea joyida vafot etgan.

So‘rovda qatnashgan deyarli 40% yoshlar pora berishni korrupsiya deb hisoblamaydi — Antikorrupsiya agentligi rahbari
5 avgust 2022, 16:44

So‘rovda qatnashgan deyarli 40% yoshlar pora berishni korrupsiya deb hisoblamaydi — Antikorrupsiya agentligi rahbari

O‘tkazilgan so‘rovga ko‘ra, 39 foiz yoshlar pora berishni korrupsiya deb hisoblamaydi, dedi Antikorrupsiya agentligi rahbari. Senator Mahmud Parpiyevning aytishicha, bu korrupsiyaga qarshi kurashda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ko‘plab ishlardan dalolat beradi.

Ko‘p kvartirali uylar aholisi o‘z xonadoni ostidagi va unga tutash yerdan foydalanish huquqini qo‘lga kiritadi
5 avgust 2022, 14:56

Ko‘p kvartirali uylar aholisi o‘z xonadoni ostidagi va unga tutash yerdan foydalanish huquqini qo‘lga kiritadi

Hokimiyatlarga 2024 yil 1 yanvarga qadar ko‘p kvartirali turar-joy binolari va unga tutash yer uchastkalarini doimiy foydalanish huquqi asosida uy egalariga notijorat maqsadlarda foydalanishga topshirish vazifasi yuklatildi.

Ichki ishlar organlari rahbarlari deputatlar oldida hisobot beradi
5 avgust 2022, 14:23

Ichki ishlar organlari rahbarlari deputatlar oldida hisobot beradi

Senat hududiy ichki ishlar boshqarmalari rahbarlarining har chorakda Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi va mahalliy kengashlarga hisobot taqdim etishi to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi. Shuningdek, tuman va shahar IIB boshliqlari ham (har chorakda) va ularning o‘rinbosarlari (har oyda) hisobot beradi.

Dam olish kunlari issiq bo‘ladi
5 avgust 2022, 14:13

Dam olish kunlari issiq bo‘ladi

Dam olish kunlari mamlakat bo‘ylab quruq va biroz issiq ob-havo kuzatiladi, ayrim tog‘li hududlarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘irlar yog‘adi.

Davlat qaysi holatda alimentni qarzdorning o‘rniga to‘lab beradi?
5 avgust 2022, 13:01

Davlat qaysi holatda alimentni qarzdorning o‘rniga to‘lab beradi?

Hukumat qarori bilan davlat faqat birgina holatda — voyaga yetmagan farzandini moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlaganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxs o‘rniga alimentni to‘lab beradi. Mablag‘ni Aliment to‘lovlari jamg‘armasi ajratadi. Keyinchalik MIB qarzdordan ushbu mablag‘ni undirib oladi.

Deputat «Gazeta.uz» Nukusdan tayyorlagan reportajni yolg‘on deb atadi
5 avgust 2022, 12:19 2

Deputat «Gazeta.uz» Nukusdan tayyorlagan reportajni yolg‘on deb atadi

Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari, Qoraqalpog‘istondagi voqealarni o‘rganish bo‘yicha parlament komissiyasi a’zosi Alisher Qodirov «Gazeta.uz» Nukusdan tayyorlagan reportajni yolg‘on deb atadi va «oldi-qochdi talqinlarga» ishonmaslikka chaqirdi.

O‘zbekiston va Tojikiston harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda
5 avgust 2022, 11:33

O‘zbekiston va Tojikiston harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda

Termizda O‘zbekiston va Tojikistonning «Hamdo‘stlik-2022» qo‘shma harbiy mashg‘ulotlari boshlandi.

Farg‘ona NQIZ o‘zini yoqib yubormoqchi bo‘lgan xodimi bo‘yicha izoh berdi
5 avgust 2022, 11:00

Farg‘ona NQIZ o‘zini yoqib yubormoqchi bo‘lgan xodimi bo‘yicha izoh berdi

Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodida xodim o‘ziga benzin sepib, yoqib yubordi. FNQIZ bunga u ishdan bo‘shatilgani sabab bo‘lgani haqidagi xabarlarni rad etib, shu kuni xodimning yonida ruxsatnomasi bo‘lmaganligi uchun ishga kiritilmaganini ma’lum qildi. Korxona unga yordam ko‘rsatmoqda.

«Har beshinchi chaqaloq asoratli homiladorlik bilan tug‘ilyapti» — senator (aniqlashtirildi)
5 avgust 2022, 09:59

«Har beshinchi chaqaloq asoratli homiladorlik bilan tug‘ilyapti» — senator (aniqlashtirildi)

O‘zbekistonda 2021 yilda 910 ming nafar chaqaloqdan 170 ming nafari asoratli homiladorlik bilan tug‘ildi, deb ma’lum qildi senator Diloram Tashmuxamedova. Uning so‘zlariga ko‘ra, yoshlar va ularning ota-onalari nikohni qayd etish oldidan tibbiy ko‘rikdan o‘tishga jiddiy e’tibor qaratmayapti.

Termizda mast haydovchi Damas mashinasida keksa piyodani urib yubordi
5 avgust 2022, 09:03

Termizda mast haydovchi Damas mashinasida keksa piyodani urib yubordi

Termizning Alisher Navoiy ko‘chasida mast holatdagi haydovchi Damas mashinasida katta tezlikda harakatlanib, yo‘lni kesib o‘tayotgan 83 yoshli qariyani urib yubordi.

Davlat boshqaruvi akademiyasi transformatsiya qilinadi
4 avgust 2022, 17:38

Davlat boshqaruvi akademiyasi transformatsiya qilinadi

Davlat xizmatchilarini tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha mutlaqo yangi tizim yo‘lga qo‘yiladi. Xorijiy ekspertlar ishtirokida o‘quv dasturi tuziladi va yil yakunigacha 5 ming nafar davlat xizmatchisi o‘qitiladi. Davlat boshqaruvi akademiyasi esa eng ilg‘or xorijiy tajribalar asosida transformatsiya qilinadi.

Yil boshidan buyon 4,4 mlrd so‘mlik qalbaki va sifatsiz dori vositalari musodara qilindi
4 avgust 2022, 16:04

Yil boshidan buyon 4,4 mlrd so‘mlik qalbaki va sifatsiz dori vositalari musodara qilindi

7 oy davomida dori vositalarini dorixonalardan tashqarida sotish, shuningdek, qalbaki va sifatsiz dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan bog‘liq 82 ta huquqbuzarlik holati aniqlandi. Yana 52 ta qonunbuzarlik inson ruhiyatiga kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari tayyorlash va sotish bilan bog‘liq.

Senat himoya orderi talabini buzganlik uchun jarimani oshirish taklifini ma’qullamadi
4 avgust 2022, 14:05

Senat himoya orderi talabini buzganlik uchun jarimani oshirish taklifini ma’qullamadi

Senatorlar himoya orderi talablarini buzganlik uchun jarimani bir necha baravarga oshirishga oid qonunni rad etdi. Ta’kidlanishicha, jarimani oshirish jabrlanuvchining o‘ziga yuk bo‘ladi. «U jarimani to‘laydi, ammo xotini, bolasining imkoniyati chegaralanib qolishi mumkin», — dedi Tanzila Narbayeva.

Toshkent xalqaro aeroportida «bojxonachisiz bojxona» tizimi yo‘lga qo‘yildi. U qanday ishlaydi?
4 avgust 2022, 12:14

Toshkent xalqaro aeroportida «bojxonachisiz bojxona» tizimi yo‘lga qo‘yildi. U qanday ishlaydi?

1 iyuldan beri Toshkent xalqaro aeroportidan uchib ketayotgan yo‘lovchilar bojxonachilar tekshiruvidan o‘tkazilmayapti. Bunda yo‘lovchilar haqidagi oldindan to‘plangan ma’lumotlar asosida fuqarolar va ularning yuklari elektron bodi skaner qurilmasidan o‘tmoqda. Faqat shubha uyg‘otgan shaxslargina tekshirilyapti.

Olmaotada pasportlari olib qo‘yilib, tahdid qilingan 10 nafar o‘zbekistonlik qutqarib olindi
4 avgust 2022, 10:35

Olmaotada pasportlari olib qo‘yilib, tahdid qilingan 10 nafar o‘zbekistonlik qutqarib olindi

Olmaotada pasportlari olib qo‘yilib, majburiy mehnatga jalb qilish maqsadida ushlab turilgan 10 nafar O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi.

OTMga kirish uchun test sinovlari 8 avgustdan boshlanadi
4 avgust 2022, 08:22 1

OTMga kirish uchun test sinovlari 8 avgustdan boshlanadi

OTMlarga kirish uchun test sinovlari 8 avgustdan boshlanadi hamda stadion va xiyobonlarda o‘tkaziladi. Imtihonlar ikki smenada 20 avgustga qadar bo‘lib o‘tadi. «Abituriyent ruxsatnomasi» esa 4 avgustdan beriladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting