2022−2023-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari 8 avgust kunidan boshlanadi hamda stadion va xiyobonlarda o‘tkaziladi. Bu haqda Davlat test markazi xabar berdi.

Test sinovlari kuniga ikki smenada o‘tkazilib:

  • 1️-smenada 07:00 dan 10:00 ga qadar;
  • 2️-smenada 19:00 dan 22:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari hududlardagi abituriyentlar soni va test sinovlari o‘tkaziladigan maydonlar sig‘imidan kelib chiqqan holda 10 kundan 13 kungacha davom etadi va 20 avgust kuni yakunlanadi.

Test sinovida ishtirok etish uchun «Abituriyent ruxsatnomasi»ni berish 4 avgust kunidan boshlandi.

Ruxsatnomalarni my.dtm.uz manzilida pasport seriya va raqami hamda JSHSHIR raqamini kiritgan holda olish mumkin.

Bundan tashqari, quyidagi botlar yordamida ham yuklab olish mumkin:

  • @e_dtm_mandatbot
  • @e_dtm_mandat1bot
  • @e_dtm_mandat2bot
  • @e_dtm_mandat3bot
  • @e_dtm_mandat4bot

DTM abituriyentlardan ruxsatnomalarni 7 avgustga qadar yuklab olishni so‘ramoqda.