1−2 iyul kunlari Qoraqalpog‘istonda yuz bergan fojiali voqealar yuzasidan Nukus aholisining fikr-mulohazalarini aks ettiruvchi «Gazeta.uz»dagi maqola e’lon qilinganidan roppa-rosa bir hafta o‘tgach, rasmiylarning ilk munosabati paydo bo‘ldi.
O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari, «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi yetakchisi va iyul oyi boshida Qoraqalpog‘istonda sodir bo‘lgan voqealarni o‘rganuvchi parlament komissiyasi a’zosi Alisher Qodirov mazkur maqolani yolg‘on deb atadi.
«Komissiya a’zosi sifatida bu maqolada keltirilgan fikrlarni batafsil rad etish uchun vakolatim yo‘q, lekin ko‘p aniq dalillar bilan tanish ekanligim uchun bu maqola yolg‘on va chalg‘ituvchi talqinlarga to‘la ekanligini aniq aytaman», — deb yozdi deputat.
«Komissiya xulosasini kuting. Oldi-qochdi talqinlarga ishonishga shoshilmang», — deya ta’kidladi Alisher Qodirov.
Садық Маратович
Haaa, shu shaharda yashap ósha kuni voqealar markazida bólip turib óz kózi bilan bólgan voqealarga guvoh bólgan Nukus xalqining kórganlari va eshitganlarini aytgan gaplari oldi qochdi yolǵon gáp ekanda aa unda. Voo ajab voo ajab.
Dawlet
Ózini axmoqona gaplari bilan ózini yóq óbrisiniyam tushurib bóldi shu deputat.