Termizning Alisher Navoiy ko‘chasida sodir bo‘lgan YTH oqibatida 83 yoshli qariya vafot etdi, deb xabar berdi O‘zbekiston IIV YHXX matbuot xizmati.

Katta tezlikdagi Damas avtomobilining yosh haydovchisi piyoda paydo bo‘lgani zahoti tezlikni pasaytirishga ulgurmagan. Fuqaro olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan.

Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, Damas haydovchisi avtomashinani mast holatda boshqargan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.