Jamiyat

15-mart kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
15 mart 2024, 21:58

15-mart kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Tutun bilan qoplangan Toshkent, bepul tushlik sabab ortgan davomat, bozor sotilishiga qarshilik qilgan “Qo‘yliq” aksionerlari, O‘zbekistonning Inson taraqqiyoti indeksidagi o‘rni va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

O‘zbekiston Germaniyada metallurgiya, transport va tibbiyot sohalarida xodimlar tanqisligini to‘ldirmoqchi
15 mart 2024, 17:59

O‘zbekiston Germaniyada metallurgiya, transport va tibbiyot sohalarida xodimlar tanqisligini to‘ldirmoqchi

Germaniyada mingdan ortiq shifoxonada tibbiyot xodimlari yetishmayapti, shuningdek, metallni qayta ishlash, logistika va transportda ishchi kuchiga talab mavjud. O‘zbekiston bu bo‘shliqni to‘ldirishga tayyor. Bu haqda bandlik vaziri va Mangold Consulting kompaniyasi prezidenti o‘rtasidagi uchrashuvda so‘z bordi.

Sahna ortidagi jarayon va qahramonlar. Sharoitidan ko‘ra nomi ko‘proq o‘zgargan O‘zbekiston davlat drama teatridan reportaj
15 mart 2024, 17:18

Sahna ortidagi jarayon va qahramonlar. Sharoitidan ko‘ra nomi ko‘proq o‘zgargan O‘zbekiston davlat drama teatridan reportaj

O‘zbekiston davlat drama teatrining XIX asr oxirida qurilgan, so‘nggi bor 40 yil avval ta’mirlangan binosi spektakllardan tashqari qurultoy, miting va hatto dafn marosimlariga-da guvohi bo‘lgan. “Gazeta.uz” muxbirlari o‘tgan davrda sharoitidan ko‘ra nomi ko‘proq o‘zgargan bu tomoshagoh ahvoli bilan tanishdi.

“Shuncha odam olgan oyligini oqlamagan”. Prezident — Sayxunobodning mansabdorlari haqida
15 mart 2024, 16:59

“Shuncha odam olgan oyligini oqlamagan”. Prezident — Sayxunobodning mansabdorlari haqida

Prezident Shavkat Mirziyoyev Sayxunobod tumanida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda viloyatdagi iqtisodiy idoralar xodimlari olayotgan maoshlarini oqlamaganini aytdi. “Ularning Toshkentda o‘tirgan va viloyatdagi rahbarlari pastga tushib o‘rgatmagan, talab qilmagan, befarq bo‘lgan”, — dedi u.

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (16−17-mart)
15 mart 2024, 16:56

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (16−17-mart)

To’qqizta kinopremyera, ochiq osmon ostida kinonamoyishlar, multimedia ko’rgazmasi, yarmarkalar, bolalar uchun shou-dasturlar, ijodiy mahorat darslari, spektakllar, musiqiy kechalar va dam olish kunlaridagi boshqa tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.

Ba’zi rivojlangan davlatlardagi kabi qizlarimiz oila qurmaslikni istashini xohlamagan bo‘lardik — Tanzila Narbayeva
15 mart 2024, 16:07

Ba’zi rivojlangan davlatlardagi kabi qizlarimiz oila qurmaslikni istashini xohlamagan bo‘lardik — Tanzila Narbayeva

Tanzila Narbayeva ma’lum qilishicha, hozir o‘g‘il bolalar uchun o‘rtacha turmush qurish yoshi 26−27 yosh, qizlar uchun 23−24 yosh. “Lekin biz ayrim rivojlangan mamlakatlardagi kabi qizlar turmush qurmaslik, oila qilmaslikni istashini xohlamagan bo‘lardik”, — dedi Senat raisi bergan intervyuda.

Markaziy Osiyo davlatlarida oiladagi zo‘ravonlik mavzusi tabu edi — Tanzila Narbayeva
15 mart 2024, 13:32

Markaziy Osiyo davlatlarida oiladagi zo‘ravonlik mavzusi tabu edi — Tanzila Narbayeva

O‘zbekiston oiladagi zo‘ravonlikni jinoyat deb hisoblagan Markaziy Osiyodagi ilk davlat bo‘ldi. Mintaqada bu mavzu tabu bo‘lgan. Ma’lum lavozimlarda o‘tirgan ba’zi erkak rahbarlar bu normalarni qabul qilishni xohlamagan. Bu haqda Tanzila Narbayeva BMT axborot xizmatiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Bepul tushlik maktabga qatnash darajasini 8 foizga oshirishi aniqlandi — MHTI
15 mart 2024, 12:19

Bepul tushlik maktabga qatnash darajasini 8 foizga oshirishi aniqlandi — MHTI

Respublikaning barcha hududlari bo‘yicha ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazilib, bepul tushlik maktabga qatnash darajasini 8 foizga oshirishi aniqlandi, deya xabar berdi MHTI. Institut ekspertlari 1−4 sinf o‘quvchilarini bepul issiq ovqat bilan ta’minlash uchun barcha maktabda oshxona tashkil etish kerakligini ta’kidlagan.

Toshkentda 15 yoshli yigit mashina o‘g‘irlagani uchun 3 yilga ozodlikdan mahrum etildi
15 mart 2024, 12:03

Toshkentda 15 yoshli yigit mashina o‘g‘irlagani uchun 3 yilga ozodlikdan mahrum etildi

Poytaxtning Uchtepa tumanida 15 yoshli maktab o‘quvchisi kelishmovchilik sabab uydan chiqib ketib, boshqa bir fuqaroning mashinasini minib qochib ketdi. Ma’lum bo‘lishicha, o‘smir bundan avval ham 2 marta mashina olib qochgan. Sud uning bu harakatlari uchun 3 yilga ozodlikdan mahrum etdi.

Dam olish kunlari harorat ko‘tariladi
15 mart 2024, 11:49

Dam olish kunlari harorat ko‘tariladi

O‘zbekistonda dam olish kunlari havo harorati ko‘tarila boshlaydi. Shanbadan yakshanbaga o‘tar kechasi joylarda biroz sovuq saqlanib turadi. Harorat +8…+20 daraja atrofida bo‘ladi. Faqat yakshanba kuni Qoraqalpog‘iston va Xorazmning ayrim joylarida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Foto: Tutun bilan qoplangan Toshkent
15 mart 2024, 10:40

Foto: Tutun bilan qoplangan Toshkent

Ertalab Toshkent aholisi shaharning ayrim hududlarida quyuq tutunning guvohi bo‘ldi. IQAir reytingida O‘zbekiston poytaxti yana havo ifloslanishi bo‘yicha jahon yetakchilari qatoriga kirdi. 1-martdan aholini havo ifloslanishi haqida xabardor qilish tizimi ishga tushishi kerak edi, biroq u hozircha e’lon qilinmadi.

Hindistondagi mehmonxonada o‘zbekistonlik ayol o‘lik holda topildi
15 mart 2024, 09:21

Hindistondagi mehmonxonada o‘zbekistonlik ayol o‘lik holda topildi

Chorshanba kuni Hindistonning Bengaluru shahridagi mehmonxonada 27 yoshli o‘zbekistonlik ayolning jasadi topildi. Elchixona hozirda shahar politsiya vakillari bilan vaziyatni nazoratga oldi. Marhumning oila a’zolari bilan aloqa o‘rnatish choralari ko‘rilmoqda.

Toshkentda 5 ta mashina ishtirokidagi YTHda 3 kishi jarohatlandi
14 mart 2024, 23:29

Toshkentda 5 ta mashina ishtirokidagi YTHda 3 kishi jarohatlandi

Toshkent shahri Olmazor tumanida Lacetti, King Long va 3 ta Cobalt avtomobili to‘qnashdi. 3 nafar haydovchi shifoxonaga yotqizildi. Tergovga qadar surishtiruv harakatlari boshlandi.

14-mart kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
14 mart 2024, 22:00

14-mart kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

O‘zgarishsiz qoldirilgan asosiy stavka, mart oyida yog‘gan qor, muftiy bilan suhbatlashgan prezident, bokschi Isroil Madrimovga sovg‘a qilingan Tahoe va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Toshkent aeroporti Aviatsiya xavfsizlik xizmati nazoratchisi pora berishga sheriklikda aybdor deb topildi
14 mart 2024, 20:40

Toshkent aeroporti Aviatsiya xavfsizlik xizmati nazoratchisi pora berishga sheriklikda aybdor deb topildi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tumani sudi Toshkent xalqaro aeroportidagi Aviatsiya xavfsizlik xizmatining sobiq nazoratchisini 2 yilga ozodlikdan mahrum qildi. U 2000 dollar evaziga fuqaroni ushbu xizmatga ishga joylashtirishga va’da bergan.

Qashqadaryo daryosidan qum-shag‘al qazib olingani sabab tabiatga 41,5 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazildi
14 mart 2024, 18:12

Qashqadaryo daryosidan qum-shag‘al qazib olingani sabab tabiatga 41,5 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazildi

Ekologiya vazirligi tomonidan Qarshi tumani hududidan oqib o‘tuvchi Qashqadaryo daryosidan noqonuniy ravishda qum-shag‘al qazib olish bilan bog‘liq ikkita holat aniqlandi. Tabiatga yetkazilgan zarar miqdori jami 41,5 milliard so‘mdan ortiq deb baholanmoqda.

Uzum Media firibgarlardan qanday himoyalanish, pulni tejash va yig‘ish haqida aytib berdi
14 mart 2024, 17:00

Uzum Media firibgarlardan qanday himoyalanish, pulni tejash va yig‘ish haqida aytib berdi

Uzum Media komandasi firibgarlardan qanday himoyalanish va omonatlar, kartalar va boshqa bank servislaridan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha qator materiallar chiqardi.

“Madaniyat sohasida iqtisodiy manfaatdorlik abgor ahvolda” — Ozodbek Nazarbekov
14 mart 2024, 15:25

“Madaniyat sohasida iqtisodiy manfaatdorlik abgor ahvolda” — Ozodbek Nazarbekov

O‘zbekiston Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov sohani to‘liq raqamlashtirish va iqtisodiy manfaatdorlikni yaxshilash zarurligini aytdi. “Bu ikki masala butunlay yechim topsa, shundan keyin soha g‘oyaga ishlaydi”, — dedi u. Unga ko‘ra, sohada sifatni ta’minlashda iqtisodiy manfaatdorlik ham muhim omil hisoblanadi.

Uzum IT-akademiyasi yangi ta’lim yo‘nalishlarini ishga tushirmoqda
14 mart 2024, 15:00

Uzum IT-akademiyasi yangi ta’lim yo‘nalishlarini ishga tushirmoqda

Uzum IT-akademiyasida o‘qishning ikkinchi oqimida xohlovchilar “Loyiha menejeri” va Customer Support yo‘nalishlari, shuningdek, Java `da ishlab chiqish hamda tizimlarni tahlil qilish kurslarini tanlashlari mumkin.

Mahallalarga mini traktor va motokultivatorlar olib beriladi
14 mart 2024, 14:48

Mahallalarga mini traktor va motokultivatorlar olib beriladi

Prezident Sayxunoboddagi 19 ta mahallaga 1 tadan mini traktor, 4 tadan motokultivator olib berilganini ma’lum qildi. Hokim yordamchilari agronomlar bilan birga ushbu texnikalar hisobidan tomorqa yerlarini haydash va ekin ekish xizmatlarini ko‘rsatadi. Bu tajriba butun respublikada ommalashtiriladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting