Toshkent shahri Olmazor tumanida 14-mart kuni 5 ta mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deb xabar berdi shahar Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati.

Ma’lumot berilishicha, holat Ahmad Donish ko‘chasida soat 19:40 larda yuz bergan. YTHda Lacetti, 3 ta Cobalt va King Long avtomashinalari to‘qnashgan.

Oqibatda 3 nafar haydovchi jarohat olib, shifoxonaga olib ketilgan.

Hozirda tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.