Toshkent shahrida payshanba kuni kuzatilgan keskin sovuq va qor yog‘ishidan so‘ng kechga borib havo sifati sezilarli darajada yomonlashdi. Juma kuni ertalab aholi shaharning ba’zi qismlarini koplagan quyuq tutunning guvohi bo‘ldi.

тошкент, тутун, havo sifati, havoning ifloslanishi

IQAir reytingida O‘zbekiston poytaxti havo ifloslanishi bo‘yicha havo sifati indeksida (AQI) mintaqadagi ayrim hududlar bilan 300−400 (xavfli) darajada yana jahon yetakchilari qatoriga kirdi.

Aholining xabar berishicha, kechasi va ertalab havoda kuyindi hidi sezilgan. Sovuq havo tufayli xonadon va uylarda gaz bosimi pasaygan.

тошкент, тутун, havo sifati, havoning ifloslanishi

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 1-martdan aholini chang bo‘roni va havo ifloslanishidan ogohlantirishni boshlash rejalashtirilgandi. Bu prezident Shavkat Mirziyoyevning qarorida ko‘zda tutilgan.

Tizim yurak-qon tomir va nafas yo‘llari kasalliklariga chalingan hamda sog‘lig‘i havoning ifloslanishiga ta’sirchanligi yuqori bo‘lgan boshqa fuqarolarni zarur profilaktik choralar haqida muntazam xabardor qilishi kerak. Biroq uning ishga tushirilishi hali e’lon qilinmadi.

тошкент, тутун, havo sifati, havoning ifloslanishi

14-martdan buyon O‘zgidromet havodagi maydi PM2,5 va PM10 zarrachalari haqida ma’lumot e’lon qilmay qo‘ydi. Boshqa manbalarda ham bu haqda ma’lumot chiqmagan.