Hindistonning Karnataka shtati Bengaluru shahridagi mehmonxonalarning birida o‘zbekistonlik ayolning jasadi topildi, deya xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi.

Qayd etilishicha, 13-mart kuni shaharning Jagadish Hotel mehmonxonasida O‘zbekiston fuqarosi, 1997-yil Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan Z.J. ismli ayol o‘z xonasida o‘lik holatida topilgan.

O‘zbekistonning Dehlidagi elchixonasi Bengaluru shahri politsiya idorasi vakillari bilan tezkor aloqa o‘rnatgan va mazkur holatga oydinlik kiritish bo‘yicha harakatlar olib bormoqda, deyiladi xabarda.

Elchixona ushbu voqea yuzasidan ma’lumotlarga ega bo‘lganlardan dipmissiya konsullik bo‘limiga quyidagi aloqa vositalari orqali murojaat qilishini so‘radi:

Hozirda elchixona tomonidan zarur konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatilishini tashkil etish maqsadida marhumning oila a’zolari bilan aloqa o‘rnatish choralari ko‘rilmoqda.