Dam olish kunlari O‘zbekistonning katta qismida quruq va kam bulutli ob-havo saqlanib turadi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet xizmati agentligi.

Payshanba kuni kirib kelgan sovuq havo massasi hisobiga O‘zbekistonning barcha viloyatlarida havo keskin sovuq bo‘ldi, ammo bu sovuq respublika hududidan tez chiqib ketmoqda va havo harorati ko‘tarila boshlaydi, deydi mutaxassislar.

Faqat 17-mart, yakshanba kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Respublikaning ayrim joylarida shamol tezligi 15−18 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Juma kunning ikkinchi yarmida harorat +8…+13 daraja atrofida bo‘ladi, yakshanba kuni esa +15…+20 darajagacha isiydi.

Shanbadan yakshanbaga o‘tar kechasi respublika bo‘yicha ba’zi joylarda biroz sovuq saqlanib turadi, yakshanba kuni harorat kechasi +2…+7 darajagacha ko‘tariladi. Kechasi va ertalab ba’zi joylarga tuman tushadi.

Tog‘larda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Qor ko‘chishi xavfi saqlanib turadi.

Toshkent shahrida 15−17-mart kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3−8 m/s tezlikda esadi. Harorat shanba kuni kechasi 0…-2, kunduzi +13…+15 daraja, yakshanba kuni kechasi +2…+4, kunduzi +16…+18 daraja bo‘ladi.