dayjest

Foto: Tutun bilan qoplangan Toshkent

Ertalab Toshkent aholisi shaharning ayrim hududlarida quyuq tutunning guvohi bo‘ldi. IQAir reytingida O‘zbekiston poytaxti yana havo ifloslanishi bo‘yicha jahon yetakchilari qatoriga kirdi. 1-martdan aholini havo ifloslanishi haqida xabardor qilish tizimi ishga tushishi kerak edi, biroq u hozircha e’lon qilinmadi.


dayjest

Markaziy Osiyo davlatlarida oiladagi zo‘ravonlik mavzusi tabu edi — Tanzila Narbayeva

O‘zbekiston oiladagi zo‘ravonlikni jinoyat deb hisoblagan Markaziy Osiyodagi ilk davlat bo‘ldi. Mintaqada bu mavzu tabu bo‘lgan. Ma’lum lavozimlarda o‘tirgan ba’zi erkak rahbarlar bu normalarni qabul qilishni xohlamagan. Bu haqda Tanzila Narbayeva BMT axborot xizmatiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.


dayjest

Sahna ortidagi jarayon va qahramonlar. Sharoitidan ko‘ra nomi ko‘proq o‘zgargan O‘zbekiston davlat drama teatridan reportaj

O‘zbekiston davlat drama teatrining XIX asr oxirida qurilgan, so‘nggi bor 40 yil avval ta’mirlangan binosi spektakllardan tashqari qurultoy, miting va hatto dafn marosimlariga-da guvohi bo‘lgan. “Gazeta.uz” muxbirlari o‘tgan davrda sharoitidan ko‘ra nomi ko‘proq o‘zgargan bu tomoshagoh ahvoli bilan tanishdi.


dayjest

Dam olish kunlari harorat ko‘tariladi

O‘zbekistonda dam olish kunlari havo harorati ko‘tarila boshlaydi. Shanbadan yakshanbaga o‘tar kechasi joylarda biroz sovuq saqlanib turadi. Harorat +8…+20 daraja atrofida bo‘ladi. Faqat yakshanba kuni Qoraqalpog‘iston va Xorazmning ayrim joylarida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.


dayjest

Bepul tushlik maktabga qatnash darajasini 8 foizga oshirishi aniqlandi — MHTI

Respublikaning barcha hududlari bo‘yicha ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazilib, bepul tushlik maktabga qatnash darajasini 8 foizga oshirishi aniqlandi, deya xabar berdi MHTI. Institut ekspertlari 1−4 sinf o‘quvchilarini bepul issiq ovqat bilan ta’minlash uchun barcha maktabda oshxona tashkil etish kerakligini ta’kidlagan.


dayjest

Ba’zi rivojlangan davlatlardagi kabi qizlarimiz oila qurmaslikni istashini xohlamagan bo‘lardik — Tanzila Narbayeva

Tanzila Narbayeva ma’lum qilishicha, hozir o‘g‘il bolalar uchun o‘rtacha turmush qurish yoshi 26−27 yosh, qizlar uchun 23−24 yosh. “Lekin biz ayrim rivojlangan mamlakatlardagi kabi qizlar turmush qurmaslik, oila qilmaslikni istashini xohlamagan bo‘lardik”, — dedi Senat raisi bergan intervyuda.


dayjest

Hindistondagi mehmonxonada o‘zbekistonlik ayol o‘lik holda topildi

Chorshanba kuni Hindistonning Bengaluru shahridagi mehmonxonada 27 yoshli o‘zbekistonlik ayolning jasadi topildi. Elchixona hozirda shahar politsiya vakillari bilan vaziyatni nazoratga oldi. Marhumning oila a’zolari bilan aloqa o‘rnatish choralari ko‘rilmoqda.


dayjest

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (16−17-mart)

To’qqizta kinopremyera, ochiq osmon ostida kinonamoyishlar, multimedia ko’rgazmasi, yarmarkalar, bolalar uchun shou-dasturlar, ijodiy mahorat darslari, spektakllar, musiqiy kechalar va dam olish kunlaridagi boshqa tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.


dayjest

Murodjon Abdurahimov Chirchiq shahriga hokim bo‘ldi

Murodjon Abdurahimov Chirchiq shahri hokimi etib tayinlandi. U tayinlovga qadar Vazirlar Mahkamasida mas’ul vazifada ishlagan. Shaharning sobiq hokimi Davron Hidoyatov boshqa ishga o‘tishi sabab ozod etilgandi.


dayjest

“Qo‘yliq” ulgurji bozori aksionerlari dastlab bozor faoliyati tugatilishiga qarshi bo‘lgan

Hujjatlarga ko‘ra, Toshkentdagi “Qo‘yliq” qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ulgurji bozori aksiyadorlari dastlab bozor faoliyati tugatilishiga qarshi bo‘lgan va hatto 53,9 mlrd so‘mlik aksiyalar chiqarish bo‘yicha qaror ham qabul qilgan.


dayjest

Prezidentning huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi tayinlandi

Bekzot Mavlonov prezidentning huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘ldi. U bunga qadar Prezident administratsiyasida departament rahbari, prezidentning davlat maslahatchisi o‘rinbosari va bosh prokuror o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.


dayjest

Savdoni rivojlantirish kompaniyasi tashkil etildi va uni boshqarish funksiyasi Savdo-sanoat palatasiga berildi

Prezident qarori bilan Eksportni rag‘batlantirish agentligi hamda Eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi negizida “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tashkil etildi. Undagi va “O‘zbekekspertiza"dagi davlat ulushini boshqarish funksiyasi Savdo-sanoat palatasiga berildi.


dayjest

Rossiyada prezidentlik saylovlari boshlandi

Rossiyada prezidentlik saylovi uchun ovoz berish boshlandi, u 15−17-mart kunlari bo‘lib o‘tadi. Mamlakatni 2000-yildan buyon boshqarib kelayotgan amaldagi davlat rahbari Vladimir Putin beshinchi marta prezidentlikka nomzodlik qilmoqda.


dayjest

Eksportni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha subsidiya va preferensiyalar Tariflar va savdo bo‘yicha bosh bitimga muvofiqlashtiriladi

O‘zbekistonda eksportni qo‘llab-quvvatlash uchun davlat berayotgan subsidiya va preferensiyalar Tariflar va savdo bo‘yicha bosh bitim (GATT) hamda Subsidiyalar va kompensatsiya choralari to‘g‘risidagi bitimga (ASCM) muvofiqlashtiriladi. Hududlarda Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash loyiha ofislari tashkil etiladi.


dayjest

“Shuncha odam olgan oyligini oqlamagan”. Prezident — Sayxunobodning mansabdorlari haqida

Prezident Shavkat Mirziyoyev Sayxunobod tumanida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda viloyatdagi iqtisodiy idoralar xodimlari olayotgan maoshlarini oqlamaganini aytdi. “Ularning Toshkentda o‘tirgan va viloyatdagi rahbarlari pastga tushib o‘rgatmagan, talab qilmagan, befarq bo‘lgan”, — dedi u.


dayjest

YChL chorak final juftliklari ma’lum bo‘ldi

YChLning chorak final bahslariga qur’a tashlandi. Unga ko‘ra, chorak finalda “Arsenal” — “Bavariya”, “Atletiko Madrid” — “Borussiya Dortmund”, “Real Madrid” — “Manchester Siti”, “Barselona” — “PSJ” klublari yarim final uchun bahslashadi.


dayjest

O‘zbekiston Germaniyada metallurgiya, transport va tibbiyot sohalarida xodimlar tanqisligini to‘ldirmoqchi

Germaniyada mingdan ortiq shifoxonada tibbiyot xodimlari yetishmayapti, shuningdek, metallni qayta ishlash, logistika va transportda ishchi kuchiga talab mavjud. O‘zbekiston bu bo‘shliqni to‘ldirishga tayyor. Bu haqda bandlik vaziri va Mangold Consulting kompaniyasi prezidenti o‘rtasidagi uchrashuvda so‘z bordi.


dayjest

Kungaboqar va o‘simlik yog‘i eksportiga qo‘yilgan cheklovlar qisman olib tashlandi

Hukumat kungaboqar va o‘simlik yog‘i eksportiga cheklovlarni yumshatdi. Korxonalarga import qilingan urug‘lardan tayyorlangan mahsulotlarning 50 foizgacha qismini eksport qilishga ruxsat berildi.


dayjest

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston hukumati rahbari bilan savdodagi to‘siqlarni bartaraf etish masalasini muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston bosh vaziri Oljas Bektenov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Tomonlar to‘siqlarni bartaraf etish va o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish masalalarini muhokama qildi.


dayjest

O‘zbekiston Inson taraqqiyoti indeksida 106-o‘rinni egalladi

O‘zbekiston BMTning yangi Inson taraqqiyoti indeksida bir pog‘ona pastlab, 193 ta mamlakat ichida 106-o‘rinni oldi. Mamlakat inson taraqqiyoti indeksi yuqori bo‘lgan mamlakatlar toifasida qolmoqda.