8-aprel kunida Uzum IT-akademiyasida o‘qishning ikkinchi oqimi boshlanadi.

reklama, uzum-technologies

Akademiyaning ikkinchi oqimiga endi o‘z faoliyatini boshlayotganlar uchun ikkita kurs bo‘ladi: “Loyiha menejeri” va Customer Support, shuningdek, ilg‘or mutaxassislar uchun Java `da ishlab chiqish va tizimlarni tahlil qilish kurslari kiritilgan. Akademiyaning o‘qituvchilari Uzum ekspertlari va IT-sohasidagi yetakchi kompaniyalar mutaxassislari bo‘lishadi. Birinchi oqimda bo‘lgani kabi, har bir kursda talabalar Uzum jamoasidagi tyutorlar rahbarligida bajaradigan amaliy topshiriqlar mavjud bo‘ladi.

“Biz yangi qabul dasturini ekotizim biznes yunitlari rahbarlari bilan birga to‘pladik, shunda kurslar va ularning mundarijasi hozirgi kunda eng ko‘p talab qilinadigan mutaxassislik va ko‘nikmalarni aks ettiradi. Shu bilan birga, IT-sohasining rivojlanishi bilan mamlakatda nafaqat dasturchilarga, balki bank, FinTech servislar yoki marketpleysning „kapoti ostida“ ro‘y beradigan jarayonlar va tizimlar qanday ishlashini chuqur biladiganmalakali loyiha menejerlari, tizim tahlilchilari va mijozlarni qo‘llab-quvvatlash xodimlariga ham ehtiyoj ortib bormoqda. IT Park ko‘magida biz butun IT-bozori uchun yangi kadrlarni rivojlantirishga yordam beradigan o‘z ta’lim loyihamizni ishga tushirdik, shuningdek, butun mamlakat bo‘ylab yoshlarni birinchi oqimga jalb qildik. Va yangi oqimda biz, albatta, iqtidorli mutaxassislar uchun grantlar ajratdik”, — dedi Uzum IT-akademiyasi rahbari Anna Monaxova.

Uzum IT-akademiyasining talabasi bo‘lish uchun akademiya saytida ro‘yxatdan o‘tib, onlayn kirish testlaridan muvaffaqiyatli o‘tish kerak bo‘ladi. Testlarning natijalariga ko‘ra iqtidorli abituriyentlar Uzum `dan bepul o‘qish uchun grant oladilar. Kurslar 1 dan 4,5 oygacha davom etadi, o‘qish narxi 2 mlndan 7 mln so‘mgacha.

O‘qishni muvaffaqiyatli tugatgan talabalar Uzum IT-akademiyasidan sertifikatlar, shuningdek, milliy raqamli ekotizim jamoasida amaliyot o‘tash yoki ishlashga taklif oladilar.

Sayt: uzum.tech

Reklama huquqlari asosida.