Jamiyat

Toshkent shahar hokimligi minglab o‘qituvchilarga forma xarid qilish uchun buyurtma berdi
31 oktabr 2022, 15:35

Toshkent shahar hokimligi minglab o‘qituvchilarga forma xarid qilish uchun buyurtma berdi

O‘qituvchilarni bir xil kiyintirish tashabbusi hokimlikning o‘zidan chiqqan, biroq bu forma majburiy emas, dedi poytaxt hokimi o‘rinbosari Durdona Rahimova. Bepul tarqatiladigan forma uchun 1,5 mlrd so‘m mahalliy budjetning orttirib bajarilgan qismidan ajratilgan.

Shavkat Mirziyoyev Germaniyaning tashqi ishlar va BAAning hukumat ishlari bo‘yicha vazirlari bilan uchrashadi
31 oktabr 2022, 15:23

Shavkat Mirziyoyev Germaniyaning tashqi ishlar va BAAning hukumat ishlari bo‘yicha vazirlari bilan uchrashadi

Shavkat Mirziyoyev 1 noyabrda Germaniya tashqi ishlar vazirini qabul qiladi. Uchrashuvda 2 tomonlama munosabatlar muhokama qilinadi. 3 noyabr kuni BAA hukumat ishlari bo‘yicha vaziri bilan uchrashuv rejalashtirilgan. Shuningdek, ichtisodiyot va odil sudlov masalalari bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Qozog‘iston bilan chegaradosh «Navoiy-Qoplonbek» o‘tkazish punkti vaqtinchalik yopiladi
31 oktabr 2022, 14:41

Qozog‘iston bilan chegaradosh «Navoiy-Qoplonbek» o‘tkazish punkti vaqtinchalik yopiladi

1 noyabrdan o‘zbek-qozoq chegarasidagi «Navoiy — Qoplonbek» avtoyo‘l o‘tkazish punkti 19 oyga yopiladi. Punktda modernizatsiya qilish va texnik jihozlash ishlari amalga oshiriladi.

Shahrisabz bilan Samarqandni bog‘laydigan «charchagan yo‘l» ta’mirlanadi
31 oktabr 2022, 13:28

Shahrisabz bilan Samarqandni bog‘laydigan «charchagan yo‘l» ta’mirlanadi

Prezidentdan «Sahrodan muzlikkacha» turizm magistralini qurish doirasida Shahrisabz va Samarqand shaharlarini bog‘laydigan, Chiroqchi tumanidan o‘tuvchi 30 kmlik yo‘lni ta’mirlash bo‘yicha amaliy yordam so‘raldi. Davlat rahbari rozilik bildirib, busiz sayyohlar Qashqadaryoga kela olmasligini ta’kidladi.

O‘zbek adabiyotshunos olimiga Chingiz Aytmatov nomidagi mukofot berildi
31 oktabr 2022, 13:19

O‘zbek adabiyotshunos olimiga Chingiz Aytmatov nomidagi mukofot berildi

Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori, adabiyotshunos olim Shuhrat Sirojiddinov Chingiz Aytmatov nomidagi mukofotni qo‘lga kiritdi. Mukofot Qirg‘iziston Jogorku Keneshi taklifi bilan 2012 yil noyabr oyida ta’sis etilgan.

Hafta davomida yomg‘irli ob-havo kuzatiladi
31 oktabr 2022, 12:12

Hafta davomida yomg‘irli ob-havo kuzatiladi

Noyabr oyi respublika shimoliga nam bulutli massivlar kirib kelishi hisobiga yog‘ingarchiliklar bilan boshlanishi kutilmoqda. Hafta davomida respublikaning turli viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi. Harorat ham o‘zgarib turadi. Kunduzi o‘rtacha +12…+17 daraja atrofida bo‘lishi mumkin. Tuman tushishi ehtimoli bor.

Yangi o‘zbek alifbosi qanday bo‘lishi kerak?
31 oktabr 2022, 12:00 1

Yangi o‘zbek alifbosi qanday bo‘lishi kerak?

«O‘zbek tili oyligi»ning so‘nggi maqolasi muallifi Akmal Sohibov shunday yozadi: «Aksar chet so‘zlarini rus tili va kirill alifbosi orqali olib, yangi o‘zbek alifbosida yozmoqdamiz. Bu amaliyotdan voz kechish payti keldi. Endi «vositachi» tillarni chetga surib, o‘zbek tili imkoniyatlaridan keng foydalanish shart».

Nobel mukofoti sovrindori Toshkentni jamoat transportiga sarmoya kiritishga chaqirdi
31 oktabr 2022, 10:51

Nobel mukofoti sovrindori Toshkentni jamoat transportiga sarmoya kiritishga chaqirdi

Toshkentda haqiqatan havoning iflosligi, nafas olib bo‘lmasligini sezdim, dedi Nobel mukofoti sovrindori Raye Kvon Chung «Gazeta.uz» muxbiri bilan suhbatda. Professorning fikricha, jamoat transportini ko‘paytirish, avtomobilda shahar ichiga kirmaslik zarur. Aks holda vaziyat bundan ham yomonlashadi.

Nodirbek Abdusattorov Fisher shaxmati bo‘yicha jahon chempionatini to‘rtinchi o‘rin bilan yakunladi
31 oktabr 2022, 09:59

Nodirbek Abdusattorov Fisher shaxmati bo‘yicha jahon chempionatini to‘rtinchi o‘rin bilan yakunladi

O‘zbekistonlik Nodirbek Abdusattorov shaxmat bo‘yicha Fisher nomidagi jahon chempionatining bronza medali uchun kechgan bahsda to‘rtinchi o‘rinni egalladi. U Magnus Karlsenga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Mahkumlar internetdan foydalanishi mumkin bo‘ladi
31 oktabr 2022, 09:22

Mahkumlar internetdan foydalanishi mumkin bo‘ladi

IIVning jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalariga qo‘shimchalar kiritish borasidagi qaror loyihasi muhokamaga qo‘yildi. Hujjat bilan, mahkumlarniing elektron davlat xizmatlaridan foydalanishi uchun internetdan foydalanishi mumkin bo‘ladi.

Bo‘stonliqdagi ijaraga olingan dachada 26,2 mln so‘mlik qalbaki pul tayyorlagan shaxslar ushlandi
30 oktabr 2022, 18:12

Bo‘stonliqdagi ijaraga olingan dachada 26,2 mln so‘mlik qalbaki pul tayyorlagan shaxslar ushlandi

Toshkent viloyatida qiymati 26 mln so‘mdan ortiq 100 va 200 ming so‘mlik qalbaki kupyuralarni muomalaga chiqarishda gumonlangan shaxslar qo‘lga olindi. Ularning pullarni Bo‘stonliqdagi ijaraga olgan dala hovlisida tayyorlagani aytilmoqda. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

«Bu qandaydir omon qolish chorasi». Yunusobodliklar rekonstruksiyadan keyingi Ahmad Donish ko‘chasi haqida
30 oktabr 2022, 14:28

«Bu qandaydir omon qolish chorasi». Yunusobodliklar rekonstruksiyadan keyingi Ahmad Donish ko‘chasi haqida

Toshkentdagi Ahmad Donish ko‘chasi rekonstruksiyadan keyin piyodalar uchun noqulay va xavfli bo‘lib qoldi. Natijada aravachali ota-onalar va qariyalar qatnov qismidan kesib o‘tishga majbur bo‘lyapti. Va’da qilingan tirbandliklar ham yo‘qolmagan. «Gazeta.uz» fuqarolarning o‘zgarishlar haqidagi fikrlari bilan qiziqdi.

1 noyabrdan nimalar o‘zgaradi?
30 oktabr 2022, 12:15

1 noyabrdan nimalar o‘zgaradi?

O‘zini o‘zi band qilganlar ro‘yxati kengayadi, endi «korobka» uylar uchun ham subsidiya beriladi, shifokorlar yetishmagan hududlarda talabalar ishga olinadi, ko‘p kvartirali uylardagi umumiy maydonga qo‘shimcha obyekt qurish taqiqlanadi, yoshlarga kompyuter xaridi uchun kredit beriladi — 1 noyabrdan nimalar o‘zgaradi?

Ikki tillilik? Chala tillilik!
30 oktabr 2022, 12:00

Ikki tillilik? Chala tillilik!

Yozuvchi Xurshid Davron 1989 yilda ikki tillilikka qarshi shunday degandi: «Ma’rifatli siyosatchi o‘z xalqini aldash yo‘lidan bormaydi. U aldangan xalq qalbida faqat qahr-g‘azab to‘planishini, ishonchi toptalgan xalqda oldga harakat qilish zavqi so‘nib borishini, uning ijodkorlik quvvati susayishini biladi».

O‘zbekiston Huquq ustuvorligi indeksida 78-o‘rinni egalladi
30 oktabr 2022, 11:45

O‘zbekiston Huquq ustuvorligi indeksida 78-o‘rinni egalladi

O‘zbekiston Huquq ustuvorligi indeksida 140 ta davlat orasida 78-o‘rinni egalladi. Mamlakat umumiy ro‘yxatda Xitoy, Rossiya, Turkiya va boshqa davlatlarni ortda qoldirdi.

Urgutda katta tezlikda ketayotgan Lacetti 4 piyodani urib yubordi, 2 nafari halok bo‘ldi
30 oktabr 2022, 10:42

Urgutda katta tezlikda ketayotgan Lacetti 4 piyodani urib yubordi, 2 nafari halok bo‘ldi

Urgutda katta tezlikda harakatlanayotgan Lacetti yo‘lning qatnov qismida ketayotgan 4 piyodani urib yubordi. Oqibatda ulardan 2 nafari shifoxonada vafot etdi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Seuldagi tiqilinch oqibatida 151 kishi halok bo‘ldi, ular orasida o‘zbekistonlik ham bor
30 oktabr 2022, 10:30

Seuldagi tiqilinch oqibatida 151 kishi halok bo‘ldi, ular orasida o‘zbekistonlik ham bor

Janubiy Koreya poytaxti Seul markazida Xellouin bayramini nishonlash vaqtida yuz bergan tiqilinch oqibatida 151 kishi halok bo‘ldi, 82 nafari jarohatlandi. Halok bo‘lganlar orasida 19 nafar xorijlik, jumladan, kamida bir nafar o‘zbekistonlik ham borligi aniqlandi.

Yangi tahrirdagi mehnat kodeksi qabul qilindi
29 oktabr 2022, 18:28

Yangi tahrirdagi mehnat kodeksi qabul qilindi

Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi qabul qilindi. 1995 yildagi birinchi tahriridan farqli ravishda, unda majburiy mehnatni taqiqlash, xodimning huquqiy holati yomonlashishiga yo‘l qo‘yilmaslik kabilar asosiy prinsip etib belgilandi. Davlat ehtiyojmand aholini ishga joylash bo‘yicha qo‘shimcha kafolatlarni ta’minlaydi.

O‘zbekistonda kovid statistikasi yana ko‘tarila boshladi
29 oktabr 2022, 15:35

O‘zbekistonda kovid statistikasi yana ko‘tarila boshladi

O‘zbekistonda oktabr oyining o‘rtalarida ketma-ket 5 kun hech kimda koronavirus aniqlanmagandi. Biroq oy oxirlariga kelib, rasmiy statistikada jonlanish qayd etildi. Jumladan, 26 oktabrdan beri kunlik kovidga chalinganlar soni 20 nafardan oshib ketdi.

Bo‘stonliqdagi 11,4 gektar bog‘ni 550 000 dollarga sotishga urinishdi
29 oktabr 2022, 13:32

Bo‘stonliqdagi 11,4 gektar bog‘ni 550 000 dollarga sotishga urinishdi

Bo‘stonliq tumanida ikki shaxs vaqtincha foydalanish uchun ajratilgan bog‘ning 11,4 gektar yerini boshqa bir fuqaroga 550 000 dollarga sotishga uringanlikda gumonlanmoqda. Ular kelishilgan puldan 50 ming dollarini Toshkent shahrida olishganda qo‘lga tushdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting