O‘zbekistonda so‘nggi kunlarda koronavirus aniqlanganlar bemorlar statistikasi yana ko‘tarila boshladi. SSV ma’lumotiga ko‘ra, 26 oktabrdan beri kuniga 20 dan ortiq fuqaroda mazkur virus aniqlanmoqda.

Xususan, 25 oktabr kuni 19 nafar, 26 oktabr kuni esa 28 nafar bemor ro‘yxatga olingan. Ularning 20 nafari Toshkent shahrida, 4 nafari Toshkent viloyatida aniqlangan. Samarqand, Buxoro va Surxondaryoda ham kasallanganlar bor.

27 oktabr kuni yana 21 kishi, xususan, 17 nafar bemor poytaxtda qayd etilgan. Qolgan bemorlar esa Toshkent viloyati va Surxondaryo.

28 oktabr kuni kasallanganlar soni ortib, 28 kishi koronavirus yuqtirgani ma’lum bo‘ldi. Bemorlarning 21 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan. 3 nafari Samarqand viloyati va yana 4 nafari Toshkent viloyatida ro‘yxatga olindi.

Respublikada 14 oktabrdan beri koronavirusga chalingan bemor aniqlanmayotgan edi. 5 kundan so‘ng — 19 oktabrda — birdaniga 12 kishi virus yuqtirgani ma’lum bo‘ldi. Shundan beri koronavirusga chalinganlar soni har kuni o‘zgarib turibdi.

Bugungi kunga kelib, virus qayd etilgan bemorlarning umumiy soni 244,4 mingdan oshdi. Kasallikdan vafot etganlar soni esa 1637 nafarni tashkil qilmoqda.