Jamiyat

Dronlarni olib kirish va ulardan foydalanish uchun belgilangan jazoning nomutanosib bo‘lgani rasman tan olindi
19 mart 2024, 18:17

Dronlarni olib kirish va ulardan foydalanish uchun belgilangan jazoning nomutanosib bo‘lgani rasman tan olindi

Dronlarni noqonuniy olib kirish va ulardan foydalanish uchun qo‘llangan jazolarni yengillashtiruvchi qonun joriy jazoning nomutanosibligini tan oladi. Fuqarolar va sayyohlarning e’tirozlari asosli deb hisoblanadi. Endi birinchi qoidabuzarlik uchun ozodlikdan mahrum qilish emas, jarima jazosi qo‘llanadi.

Maktablarda bahorgi ta’til 21-martdan boshlanadi
19 mart 2024, 17:44

Maktablarda bahorgi ta’til 21-martdan boshlanadi

O‘zbekistonda maktab o‘quvchilari 21-martdan bahorgi ta’tilga chiqadi. IV o‘quv chorak darslari 28-mart kunidan boshlanadi.

Prezident Toshkentdagi Yoshlar bog‘ida ko‘chat ekdi. Foto
19 mart 2024, 16:19

Prezident Toshkentdagi Yoshlar bog‘ida ko‘chat ekdi. Foto

Shavkat Mirziyoyev poytaxtning Sergeli tumanida tashkil etilayotgan 75 gektarli Yoshlar bog‘iga ilk ko‘chatni o‘tqazdi. Bog‘da jami 20 ming tup daraxt ekilishi, ming o‘rinli ochiq amfiteatr, milliy va xalqaro gastronomik zonalar tashkil etilishi reja qilinmoqda. Foto.

Pensiyaning minimal miqdori eng kam iste’mol xarajatlari darajasidan oz bo‘lmasligi belgilandi
19 mart 2024, 14:54

Pensiyaning minimal miqdori eng kam iste’mol xarajatlari darajasidan oz bo‘lmasligi belgilandi

O‘zbekistonda pensiyaning minimal miqdori eng kam iste’mol xarajatlari darajasidan oz bo‘lmasligini belgilandi. Qonun bilan pensiyalar miqdorini yil davomida iste’mol narxlari indeksi darajasining o‘sish sur’atlarini inobatga olib oshirib borish tartibi aniqlashtirildi.

Qashqadaryodagi sayilda gaz portlashi oqibatida salkam 40 kishi jarohatlandi
19 mart 2024, 14:22

Qashqadaryodagi sayilda gaz portlashi oqibatida salkam 40 kishi jarohatlandi

Ko‘kdala tumanida o‘tkazilgan sayilda gaz balloni portladi. Oqibatda 37 kishi jarohatlandi, ulardan 7 nafari shifoxonaga yotqizildi. Holat bo‘yicha jinoiy ish ochildi.

Toshkent viloyatida qalbaki kosmetika mahsulotlari ishlab chiqaradigan sex aniqlandi
19 mart 2024, 13:07

Toshkent viloyatida qalbaki kosmetika mahsulotlari ishlab chiqaradigan sex aniqlandi

Bo‘ka tumanida mashhur brendlar nomi ostida qalbaki kosmetika mahsulotlari ishlab chiqaradigan sex aniqlandi. Qiymati 10 mlrd so‘mlik 280 ming donadan ortiq sifatsiz mahsulot vaqtincha saqlovga olindi.

Baraka Market o‘zining Baraka Club mobil ilovasini to‘liq yangiladi
19 mart 2024, 13:00

Baraka Market o‘zining Baraka Club mobil ilovasini to‘liq yangiladi

Baraka Market do‘konlar tarmog‘i Baraka Club mobil ilovasining yangi versiyasini ishga tushirdi va sodiqlik dasturini yangiladi.

Surxondaryoda voyaga yetmagan qizga uylanishini aytib, shilqimlik qilgan 22 yoshli yigit 5 sutkaga qamaldi
19 mart 2024, 11:36

Surxondaryoda voyaga yetmagan qizga uylanishini aytib, shilqimlik qilgan 22 yoshli yigit 5 sutkaga qamaldi

Bandixon tumanida voyaga yetmaganga uylanishini aytib shilqimlik qilgan 22 yoshli yigit 5 sutkaga qamaldi. Sudda yigit qizni yaxshi ko‘rib qolgani, lekin qizga shilqimlik qilmaganini aytib ko‘rsatuv berdi.

O‘zbekistonda 100 yoshdan oshgan 514 nafar fuqaro bor. Ularning eng ko‘pi Qashqadaryoda yashaydi
19 mart 2024, 11:35

O‘zbekistonda 100 yoshdan oshgan 514 nafar fuqaro bor. Ularning eng ko‘pi Qashqadaryoda yashaydi

O‘zbekistonda 100 yoshga to‘lgan yoki undan oshgan 514 nafar fuqaro pensiya va nafaqa oladi. Ularning 78,6 foizi (404 nafari) ayollardir. Bir asrdan beri umr ko‘rayotganlarning eng ko‘pi Qashqadaryo, Surxondaryo, Toshkent, shuningdek, vodiy viloyatlarida yashaydi.

Farg‘onada “Agrobank” sobiq xodimlari salkam 4 mlrd so‘mni o‘zlashtirgani aniqlandi
19 mart 2024, 09:50

Farg‘onada “Agrobank” sobiq xodimlari salkam 4 mlrd so‘mni o‘zlashtirgani aniqlandi

Farg‘onada “Agrobank” filiali sobiq xodimlari uchta holatda salkam 4 mlrd so‘mni o‘zlashtirgani aniqlandi. Ularga nisbatan sud hukmi o‘qilib, tegishli jazolar tayinlangan.

“Gazeta.uz” maqolasidan so‘ng Amir Temur xiyobonidagi reklama konstruksiyasi olib tashlandi (foto)
19 mart 2024, 09:45

“Gazeta.uz” maqolasidan so‘ng Amir Temur xiyobonidagi reklama konstruksiyasi olib tashlandi (foto)

“Gazeta.uz” maqolasidan bir necha soat o‘tib, Toshkentning Amir Temur xiyoboni yonidagi reklama konstruksiyasi demontaj qilindi. Avvalroq u yerda reklama joylashtirish noqonuniy ekani, sababi yaqin atrofda madaniy meros obyektlari borligi haqida yozgandik. Holatga rasmiy izoh berilganicha yo‘q. Foto.

Toshkentda bayram kunlarida avtobuslarning harakatlanishi tartibi ma’lum qilindi
19 mart 2024, 09:39

Toshkentda bayram kunlarida avtobuslarning harakatlanishi tartibi ma’lum qilindi

Navro‘z bayrami munosabati bilan dam olish kunlari deya e’lon qilingan 21, 22, 23 va 24-mart kunlari Toshkentda avtobuslar yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida harakatlanadi.

Yoritish bosh rejasi. Toshkent yorug‘lik ifloslanishidan qanday xalos bo‘lishi mumkin?
19 mart 2024, 09:30

Yoritish bosh rejasi. Toshkent yorug‘lik ifloslanishidan qanday xalos bo‘lishi mumkin?

Miltillovchi ekran, girlyanda va chiroqlar Toshkentda “yorug‘lik xaosi"ni keltirib chiqarmoqda. Bu energiya iste’molini oshiradi, hayot sifati va ekologiyani yomonlashtiradi. “Gazeta.uz” mutaxassislar bilan suhbatlashib, yorug‘lik dizayni nima ekani va tungi Toshkentni qanday maftunkor qilish mumkinligiga qiziqdi.

“Tashabbusli budjet” evolyutsiyasi. Open Budget qanday qilib fuqarolik jamiyatini qurayotgani haqida
19 mart 2024, 08:30

“Tashabbusli budjet” evolyutsiyasi. Open Budget qanday qilib fuqarolik jamiyatini qurayotgani haqida

Surxondaryodagi bir mahalla ko‘p yillardan buyon elektr, suv, yo‘l muammolaridan qiynalardi. 2020-yili shu mahallada yashovchi Oybek Usanov “Tashabbusli budjet”da omadini sinashga qaror qiladi. Bu tajriba aholi hayotini qanchalik o‘zgartirgani va odamlarni qanday birlashtirgani — Jahongir Azimov reportajida.

Amir Temur xiyoboniga reklama monitorlari o‘rnatilyapti. Madaniy meros obyektlari oldiga ularni o‘rnatish taqiqlangan
19 mart 2024, 02:19

Amir Temur xiyoboniga reklama monitorlari o‘rnatilyapti. Madaniy meros obyektlari oldiga ularni o‘rnatish taqiqlangan

Toshkentdagi Amir Temur xiyoboni oldidagi ajratuvchi orolchalarga reklama konstruksiyalari o‘rnatilmoqda, holbuki madaniy meros obyektlari yonida bunday qurilmalarni o‘rnatish taqiqlangan (xiyobonda yettita madaniy meros obyekti bor). Konstruksiyalar binolar manzarasini to‘sadi va haydovchilarga xalal beradi.

Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan ikki yoshli o‘zbekistonlik qizchani vatanga qaytarish choralari ko‘rilmoqda
18 mart 2024, 22:56

Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan ikki yoshli o‘zbekistonlik qizchani vatanga qaytarish choralari ko‘rilmoqda

Toshkent shahrida yashovchi ayol ikki yoshli nabirasini Rossiyadan olib kelishda yordam so‘rab, bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonovaga murojaat qildi. Onasi uni enaga bilan qoldirib, olib ketgani kelmaganidan keyin qizaloq vasiylik organiga topshirilgan.

18-mart kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
18 mart 2024, 21:51

18-mart kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Rossiyadagi prezident saylovi, Putinni tabriklagan Mirziyoyev, Afg‘oniston vertolyoti urib tushirilgani haqidagi yolg‘on xabar, Yangi Toshkent qurilayotganining sabablari va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Foto: Samarqandlik chaqiriluvchilar muddatli harbiy xizmatga jo‘nab ketdi
18 mart 2024, 19:33

Foto: Samarqandlik chaqiriluvchilar muddatli harbiy xizmatga jo‘nab ketdi

O‘zbekistonning 2024-yildagi ilk chaqiriluvchilari muddatli harbiy xizmatni o‘tash joylariga yo‘l oldi. Barcha hududlardagi yig‘ish punktlarida tantanali kuzatuv marosimlari boshlandi. “Gazeta.uz” fotomuxbiri Yevgeniy Sorochin samarqandlik chaqiriluvchilar va ular orasidagi o‘z ukasini armiyaga kuzatdi.

Mudofaa vazirligi Afg‘oniston harbiy vertolyoti urib tushirilganini rad etdi
18 mart 2024, 18:58

Mudofaa vazirligi Afg‘oniston harbiy vertolyoti urib tushirilganini rad etdi

Mudofaa vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda Afg‘oniston va O‘zbekiston chegarasida urib tushirilgan afg‘on harbiy vertolyoti haqidagi xabarni rad etdi. “Ushbu xabarlar hech qanday asosga ega emas”, — deyiladi vazirlik xabarida.

Toshkent — reklamalar shahri
18 mart 2024, 17:03

Toshkent — reklamalar shahri

O‘zbek biznesi tashqi reklamani sevadi: qichqiriq banner va ko‘zni qamashtiruvchi LED-monitorsiz ishlab bo‘ladimi?! Afsuski, Toshkent o‘z arxitekturasi, daraxtlari va aholisining reklamaga yem bo‘lishiga qo‘yib bergan. Poytaxt qanday qilib afisha va monitorlarga taslim bo‘lgani — bizning fotosharhimizda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting