Mudofaa vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Afg‘oniston va O‘zbekiston chegarasida afg‘on harbiy vertolyotining urib tushirilgani haqidagi xabarga izoh berdi.

Bu haqda Rossiya siyosatshunoslar jamiyati tahliliy markazi rahbari Andrey Serenko o‘zining Telegram`dagi kanalida xabar bergandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, vertolyot go‘yoki Mozori Sharifdan Badaxshon tomon uchayotgan bo‘lgan. “U qanday qilib O‘zbekiston havo hududiga tushib qolgani hozircha aniq emas”, — deya ta’kidlagan muallif. U, shuningdek, vertolyot bortida 15 dan ortiq odam bo‘lganini qo‘shimcha qilgan.

“Ushbu xabarlar hech qanday asosga ega emas va haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi”, — deyiladi Mudofaa vazirligi munosabatida.

Vazirlik OAV va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan faqat rasmiy ma’lumotlarga tayanishni so‘radi va asossiz yolg‘on ma’lumot tarqatganlik uchun javobgarlik borligini eslatdi.