O‘zbekistonda 1-martdan e’tiboran chaqiriluvchilarni muddatli harbiy xizmatni o‘tash joylariga jo‘natish ishlari boshlandi. Barcha hududlardagi mudofaa ishlari boshqarmalari huzuridagi yig‘ish punktlarida tantanali kuzatuv marosimlari uyushtirildi.

armiyaga chaqiriq, chaqiriluvchilar (samarqand), muddatli harbiy xizmat

Yangi chaqiriluvchilarning birinchi guruhi O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari safiga qo‘shildi. Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamentidan ma’lum qilishlaricha, chaqiriluvchilarning qo‘shinlar bo‘yicha bunday saralanishi milliy armiyaning ustuvor vazifalari bilan bog‘liq. Ushbu vazifalarning eng asosiysi — mamlakat chegaralari va hududiy yaxlitligini himoya qilishdir.

Muddatli harbiy xizmatga chaqiriluvchilar xizmatni O‘zbekiston Qurolli Kuchlarining boshqa bo‘linmalari, xususan, IIV, FVV, Milliy gvardiya va Mudofaa vazirligi qo‘shinlari safida ham o‘tashi mumkin.

armiyaga chaqiriq, chaqiriluvchilar (samarqand), muddatli harbiy xizmat

Samarqandda ilk chaqiriluvchilarni kuzatish 5-mart kuni bo‘lib o‘tdi. Viloyat mudofaa ishlari boshqarmasining yig‘ish punktiga odamlar oilalari bilan birga keldi. Hayajondagi ota-onalar harbiy libosdagi farzandlaridan ko‘z uzmas, tinimsiz suratga tushar, quchoqlashar, voyaga yetgan farzandidan g‘ururlanib ko‘zga yosh olardi.

Chaqiriluvchilarni kuzatish marosimida “Gazeta.uz” fotomuxbiri Yevgeniy Sorochin ham qatnashdi. U Samarqandga o‘tgan yili harbiy xizmatga borishga qaror qilgan ukasi Ilyani qo‘llab-quvvatlash uchun ham borgandi.

“Bu uning tanlovi va u Ilya shunga ahd qila olganidan xursandman. Hozir hamma ham xalq oldidagi, o‘zi yashayotgan tuproq oldidagi burchini bajarishga yetarlicha ahamiyat bera olayotgani yo‘q. Ukam buning nima ekanini anglab, hayotining bir yilini xizmatga berishga tayyor”, — deydi Yevgeniy.

Ilya Sorochin buvisi va bobosi bilan.Ilya Sorochin buvisi va bobosi bilan.

Yevgeniyning o‘zi ham, xuddi bobolari va otasi kabi, muddatli harbiy xizmatni (2015−2016-yillarda) o‘tagan.

“Armiyada uyatli yo biror yomon narsa yo‘q. Bu tartib-intizom, taym-menejmentga o‘rgatadigan haqiqiy hayot maktabi — kun davomida hamma narsaga ulgurish uchun vaqtni to‘g‘ri taqsimlashni bilish kerak edi. Xizmat davomida har qanday muammoning, u qanchalik murakkab bo‘lmasin, yechimi borligini tushunib yetasan. Xizmat davomida hayotingda paydo bo‘ladigan odamlar — xizmatning eng katta afzalligi. Sen ular bilan birga bir kazarmada yashaysan, birga ovqatlanasan, ular aslida qanday ekanini rostmana ko‘rib, bilasan. Men armiyadagi do‘stlarim bilan juda faxrlanaman, ular bilan hali ham do‘stman va istalgan masala yuzasidan ularga murojaat qilishim mumkin”, — deydi Yevgeniy Sorochin.

Ilyaning ota-onasi ancha xotirjam. Farzandlari istalgan jamoa bilan chiqishib, kelishib keta olishiga ishonchlari komil. Faqat masofa masalasi biroz xavotirga solyapti, xolos: kichik Sorochin xizmatni Nukusda o‘taydi.

“U hech qachon uydan buncha uzoqda bo‘lmagan. Umid qilamanki, u uddalaydi va halol, munosib xizmat qiladi”, — deydi chaqiriluvchining otasi Aleksey Sorochin.

armiyaga chaqiriq, chaqiriluvchilar (samarqand), muddatli harbiy xizmat

O‘zbekiston Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatga chaqiriq aprel oyida ham davom etadi. Muddatli harbiy xizmatni o‘tash uchun to‘lov amalga oshirish talab etilmaydi.

O‘zbekiston fuqarolari faqat mamlakat hududida xizmat qiladi. Yangi chaqiriluvchilar beshta — Shimoli-G‘arbiy, Janubi-G‘arbiy, Markaziy, Sharqiy va Toshkent harbiy okruglari o‘rtasida taqsimlanadi. Bunda amal qilinadigan asosiy tamoyil — eksterritoriallik, ya’ni yigitlar ro‘yxatga olingan harbiy okrugidan tashqarida (boshqa harbiy okrugda) xizmat qiladi.

“Chaqiriluvchilar oldindan belgilangan tartib asosida xizmat joylariga yo‘l oladi. Xizmatni o‘tash joyiga yetib kelingach, harbiy qism qo‘mondonligi chaqiriluvchilarning ota-onalariga harbiy qasamyod sanasi va o‘tkaziladigag joyini ma’lum qiladi”, — deya ma’lum qildi Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti.

armiyaga chaqiriq, chaqiriluvchilar (samarqand), muddatli harbiy xizmat

Ma’lum bir lavozimga tayinlanganidan so‘ng, muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchilari pul ko‘rinishidagi ta’minotdan foydalanishlari mumkin.

Chaqiriq bilan bir vaqtda harbiy qismlarda belgilangan muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lganlarni Qurolli Kuchlar zaxirasiga bo‘shatish tadbirlari ham bo‘lib o‘tmoqda.

Samarqanddagi muddatli harbiy xizmatga chaqiriluvchilarni kuzatish marosimidan fotoreportaj

armiyaga chaqiriq, chaqiriluvchilar (samarqand), muddatli harbiy xizmat

armiyaga chaqiriq, chaqiriluvchilar (samarqand), muddatli harbiy xizmat

armiyaga chaqiriq, chaqiriluvchilar (samarqand), muddatli harbiy xizmat

armiyaga chaqiriq, chaqiriluvchilar (samarqand), muddatli harbiy xizmat

armiyaga chaqiriq, chaqiriluvchilar (samarqand), muddatli harbiy xizmat

armiyaga chaqiriq, chaqiriluvchilar (samarqand), muddatli harbiy xizmat

armiyaga chaqiriq, chaqiriluvchilar (samarqand), muddatli harbiy xizmat

armiyaga chaqiriq, chaqiriluvchilar (samarqand), muddatli harbiy xizmat

armiyaga chaqiriq, chaqiriluvchilar (samarqand), muddatli harbiy xizmat

Ilya Sorochin (eng o‘ngda).Ilya Sorochin (eng o‘ngda).

armiyaga chaqiriq, chaqiriluvchilar (samarqand), muddatli harbiy xizmat