Jamiyat

O‘zbekistonning 6 ta viloyatida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi
3 mart 2023, 17:35

O‘zbekistonning 6 ta viloyatida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

4−10 mart kunlari 6 ta viloyatning ayrim hududlarida havo haroratining sezilarli o‘zgarishlari sababli qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi.

Samarqandda fuqaro er-xotinni $40 ming evaziga AQShga jo‘natmoqchi bo‘lganda ushlangani aytilmoqda
3 mart 2023, 16:34

Samarqandda fuqaro er-xotinni $40 ming evaziga AQShga jo‘natmoqchi bo‘lganda ushlangani aytilmoqda

Samarqandda fuqaro er-xotinni 40 ming dollar evaziga Meksika orqali AQShga yubormoqchi bo‘lgani aytilmoqda. U 12 ming dollarni olayotgan paytda ushlandi, deyiladi DXX xabarida.

Toshkentda 4 mlrd so‘mlik tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi
3 mart 2023, 16:29

Toshkentda 4 mlrd so‘mlik tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

Mirobod tumanida bojxonachilar noqonuniy yo‘llar bilan olib kirilgan 4 mlrd so‘mdan ortiq tamaki mahsulotlarini aniqladi. Holat yuzasidan tergov boshlangan.

O‘zbekistondan Qozog‘istonning yana 5 ta shahriga aviaqatnov yo‘lga qo‘yiladi
3 mart 2023, 16:21

O‘zbekistondan Qozog‘istonning yana 5 ta shahriga aviaqatnov yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekistondan Qozog‘istonning yana 5 ta shahriga, Qozog‘istondan esa O‘zbekistonning 6 ta shahriga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi. Bu borada Toshkentda ikki mamlakat aviatsiya ma’muriyatlari o‘rtasida o‘tkazilgan muzokaralarda kelishuvga erishildi.

Surxondaryoda fuqaro I-II asrlarga oid sopol xum topib oldi
3 mart 2023, 15:52

Surxondaryoda fuqaro I-II asrlarga oid sopol xum topib oldi

Denov tumanida fuqaro ariq qazish chog‘ida sopol xum topib oldi. Olimlar uning I-II asrlarga tegishli ekanini aniqladi.

O‘zbekistonda ilk bor IELTS imtihonida 9 balli natija qayd etildi
3 mart 2023, 12:27

O‘zbekistonda ilk bor IELTS imtihonida 9 balli natija qayd etildi

Bekzod Mirahmedov O‘zbekistonda ilk bor xalqaro ingliz tilini baholash tizimi (IELTS)dan maksimal 9 ballni qo‘lga kiritdi.

O‘zbekistonda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda
3 mart 2023, 11:55

O‘zbekistonda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda

Senat energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish uchun javobgarlikni kuchaytiruvchi qonunni ma’qulladi. Qonun bilan ulardan tijorat maqsadlarida qonunga zid ravishda foydalanish o‘g‘rilik deb baholanmoqda. Buning uchun ma’muriy javobgarlikni ko‘rib chiqish vakolati O‘zenergoinspeksiyadan sudlarga beriladi.

Dam olish kunlari biroz yomg‘irli va iliq o‘tadi
3 mart 2023, 11:51

Dam olish kunlari biroz yomg‘irli va iliq o‘tadi

4 martdan Kavkaz hududlaridan nam havo massalari kirib keladi. Ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi, biroq harorat +19…+21 darajani tashkil etadi. Shamol kuchayib, chang-to‘zon kuzatilishi mumkin.

Yutong Toshkentga yangi avtobuslar va elektrobuslar yetkazib berishni boshladi
3 mart 2023, 11:48

Yutong Toshkentga yangi avtobuslar va elektrobuslar yetkazib berishni boshladi

Xitoyning Yutong Bus kompaniyasi Toshkentga 800 ta avtobus, shu jumladan 300 ta elektrobus yetkazib berish boshlanganini ma’lum qildi. Yetkazib berish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

Toshkentda yana avtobus haydovchilari yo‘lovchi talashib mushtlashdi
3 mart 2023, 10:59

Toshkentda yana avtobus haydovchilari yo‘lovchi talashib mushtlashdi

Mirobod tumanida 93-sonli va 617-sonli avtobus haydovchilari ham yo‘lovchi talashib janjallashdi. Avvalroq mushtlashgan ikki haydovchi 7 sutkaga qamalgandi.

Dehlidan Moskvaga uchayotgan samolyot Toshkent aeroportiga favqulodda qo‘ndi
3 mart 2023, 10:46

Dehlidan Moskvaga uchayotgan samolyot Toshkent aeroportiga favqulodda qo‘ndi

«Aeroflot» aviakompaniyasining Dehlidan Moskvaga uchayotgan samolyoti Toshkentga favqulodda qo‘ndi. Bunga appenditsit xurujiga uchragan Hindiston fuqarosi sabab bo‘lgan. U tibbiy muassasaga yotqizilgan.

O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel kelishi mumkin, joylarda shamol kuchayadi
3 mart 2023, 09:53

O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel kelishi mumkin, joylarda shamol kuchayadi

O‘zgidromet 5−10 mart kunlari 9 ta viloyatda hamda tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi ehtimoli haqida ogohlantirdi. Shuningdek, ayrim hududlarda shamol tezligi 25 metr sekundgacha kuchayishi mumkin.

Fevralda elektrdan noqonuniy foydalanish holatlari yanvarga nisbatan 4 marta ko‘paydi
3 mart 2023, 09:25

Fevralda elektrdan noqonuniy foydalanish holatlari yanvarga nisbatan 4 marta ko‘paydi

Fevral oyida 23,2 mlrd so‘mlik yoki 258 mingta xonadonning bir oylik iste’moliga teng miqdordagi elektrdan noqonuniy foydalanildi. Yanvarda ko‘rsatkich 5,6 mlrd so‘m yoki 33 mingdan ortiq xonadon iste’molini tashkil etgandi.

IndiGo aviakompaniyasi Dehli va Toshkentni to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar bilan bog‘laydi
3 mart 2023, 09:09

IndiGo aviakompaniyasi Dehli va Toshkentni to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar bilan bog‘laydi

Avgust oyidan Hindistonning IndiGo aviakompaniyasi Dehli va Toshkentni to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar bilan bog‘laydi. Muntazam reyslar haftasiga 4 marta amalga oshiriladi.

2 mart kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
2 mart 2023, 22:00

2 mart kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Madaniyat vaziri o‘rinbosaridan «tarbiyaviy soat», Rossiya-Ukraina urushi haqida gapirgan AQSh davlat kotibi, iliq va yomg‘irli o‘tadigan mart oyi, tibbiyot xodimlariga qonunga zid qarshilik uchun jarima, pedagoglar faoliyatiga noqonuniy aralashganlik uchun javobgarlik va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.

Diniy qo‘shiq uchun 5 yilga qamalgan talaba shartli ozod qilindi
2 mart 2023, 21:32

Diniy qo‘shiq uchun 5 yilga qamalgan talaba shartli ozod qilindi

Diniy qo‘shiq — nashida uchun 5 yilga qamalgan 22 yoshli talaba Sardor Rahmonqulov ozodlikka chiqdi. Toshkent sudi hukmni shartli jazoga almashtirdi.

O‘quvchi qizlarning TikTok`dagi videosida huquqbuzarlik aniqlanmadi. XTBB bayonoti asossiz bo‘lib chiqdi
2 mart 2023, 21:00

O‘quvchi qizlarning TikTok`dagi videosida huquqbuzarlik aniqlanmadi. XTBB bayonoti asossiz bo‘lib chiqdi

Toshkentdagi 181-maktab o‘quvchilari «Za dengi da» qo‘shig‘iga video olgani ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi. Shundan so‘ng poytaxt XTBB ularning ota-onalari jarimaga tortilishini aytdi. Aslida-chi, video rostdan odob-axloqqa to‘g‘ri kelmaydimi? Yoki boshqacha talqin qilindimi — «Gazeta.uz» surishtiruvi.

Pedagoglar faoliyatiga noqonuniy aralashganlar jarimaga tortiladi
2 mart 2023, 17:12

Pedagoglar faoliyatiga noqonuniy aralashganlar jarimaga tortiladi

O‘zbekistonda pedagoglarning ishiga to‘sqinlik qilganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi. Ularni takror ma’muriy mehnatga jalb qilganlar BHMning 150−200 baravarigacha jarima yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Durable Beton barcha turdagi mustahkam beton mahsulotlarini namoyish etmoqda
2 mart 2023, 17:00

Durable Beton barcha turdagi mustahkam beton mahsulotlarini namoyish etmoqda

Durable Beton kompaniyasi UzBuild 2023 xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda. Bu safar kompaniya o‘zining yangi mahsuloti — Constant kimyoviy qo‘shimchasining taqdimotini o‘tkazdi.

Maersk Air Cargo yuk aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni boshlaydi
2 mart 2023, 16:42

Maersk Air Cargo yuk aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni boshlaydi

Daniyaning Maersk Air Cargo yuk aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi. Kompaniya boshida haftasiga 6 marta reyslarni amalga oshiradi. Ilk parvoz 20 martga belgilangan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting