28 fevral kuni «O‘zekspomarkazda» UzBuild 2023 xalqaro ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi. Qurilish va obodonlashtirish sohasida yetakchi ko‘rgazmalaridan birida Durable Beton mahsulotlari namoyish etilgan pavilon eng gavjum maydonlardan biriga aylandi. Durable Beton kompaniyasi har yili o‘tkaziladigan ushbu ko‘rgazmada Durable Stone, Durable JBI va Durable Beton brendlari ostida yangi mahsulotlarni namoyish etadi.

реклаmа

Durable Beton brendi bilan qurilishingiz yanada mustahkam bo‘ladi

Bino va inshootlar mustahkamligini ta’minlovchi ishonchli qurilish materiallari hisoblanadi. Xalqaro standartlar asosida tayyorlanadigan beton mahsulotlarini sizga aynan Durable Beton taqdim etadi. Katta assortimentdagi beton turlari yirik zavodlar, ko‘p qavatli uylar, turli inshootlar qurilishida poydevordan tortib beton qoplamalar istalgan hajmda yetkazib beriladi. Uydan turib beton mahsulotlariga buyurtma berganda kelayotgan buyurtmaning qay holatda va qayerda kelayotganini onlayn tarzda kuzatish imkoniyati bor.

реклаmа

Agar siz 100 kv. m hajmda beton mahsulotlari xarid qilsangiz, kompaniya texnikalardan bepul foydalanish imkoniyatini ham taqdim etadi. Bular — beton qorishmalar tayyorlash uskunalari, ko‘p qavatli binolarning yuqori qavatlari uchun 56 metrgacha balandlikdagi beton ishlarini bajaruvchi nasos mashinalari bo‘lishi mumkin.

50 tonnagacha yuk ko‘taruvchi bruschatkalar

Mahsulotlar orasida 40 dan ortiq turli hajm, shakl va o‘lchamda, 4 sm dan 10 sm gacha qalinlikdagi bruschatkalar mavjud. Hovli uylar uchun alohida, katta yuk avtomobillari o‘tadigan maydonlar uchun alohida tayyorlanadigan bruschatkalarning yirik katalogi Durable Stone`da o‘ziga xos dizayn bilan birga taqdim etiladi. 10 sm qalinlikdagi bruschatkalar 50 tonnagacha yuk ko‘tarishga mo‘ljallangan. Anomal sovuq haroratda ham sirpanchiq bo‘lmaydi. Ular yerga nafas olish imkoniyatini beradi, ya’ni havo o‘tkazuvchanlik effektiga ega. F200 talabiga javob beradi.

реклаmа

Mustahkamlovchi kimyoviy qo‘shimcha vositalar ishlab chiqarish

Durable Beton UzBuild 2023 ko‘rgazmasida beton mahsulotlarini mustahkamlovchi kimyoviy qo‘shimcha vositalarining taqdimotini ham o‘tkazdi. Beton tarkibidagi ushbu kimyoviy qo‘shimcha asosiy element hisoblanadi. Beton mahsulotlariga ishlov berishda ushbu kimyoviy qo‘shimchalar beton sifatining xalqaro standart darajasini ta’minlaydi, sovuqqa chidamliligini oshiradi, ya’ni -30 gradus haroratda ham beton sifati buzilmaydi. Namlik o‘tkazmaydi, turli ob-havo sharoitida ham mahsulotning o‘zgarishiga yo‘l qo‘ymaydi. Binolarning zilzilabardoshligini, ko‘p yillar xizmat qilishini kafolatlash maqsadida foydalaniladigan qo‘shimchalarning istalgan turini topish mumkin.

реклаmа

Durable Beton mahsulotlari katalogi bilan tanishish va darhol buyurtma berish yoki mutaxassisdan maslahat olish uchun kompaniya saytini kuzatshingiz mumkin. Shuningdek, 3 mart gacha davom etadigan UzBuild 2023 xalqaro ko‘rgazmasida kompaniya faoliyati bilan tanishish mumkin.

Koll-markaz: (+998) 95−485−55−55.

Manzil: Abdulla Qodiriy ko‘chasi, Xadra mavzesi, 24 uy.

E-mail: info@durablebeton.uz
Sayt: durablebeton.uz

Reklama huquqlari asosida.