«Qo‘shilmaslik harakatining BMT Xavfsizlik kengashida doimiy o‘rni bo‘lishi kerak» — Shavkat Mirziyoyev

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qo‘shilmaslik harakati sammitidagi nutqida tashkilot a’zolarining BMT Xavfsizlik kengashida doimiy o‘rni bo‘lishi kerakligi haqida gapirdi.

«Ramka»da yur, mentalitetga mos kuyla, lekin bu — senzura emas. Madaniyat vaziri o‘rinbosaridan «tarbiyaviy soat»

Madaniyat va turizm vaziri o‘rinbosari Bahodir Ahmedov 24 fevralda «O‘zbekkonsert»da yig‘ilish o‘tkazdi. U o‘z chiqishida xonandalarning madaniyatsizligi va saviyasiz ijodini tanqid qilgan, Umra ziyoratidan piar yo‘lida foydalanayotgan va farzandini hujraga topshirgan san’atkorlar haqida gapirgan.

Entoni Blinken ehtimoliy tashqi tahdid yuzaga kelganda AQSh Markaziy Osiyoga qanday yordam berishini aytdi

AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Ostonada bergan intervyusida aytishicha, AQSh Markaziy Osiyo mamlakatlariga xavfsizlik, iqtisodiy farovonlik va jamiyat barqarorligini oshirish imkoniyatlarini yaratishda yordam bermoqda. Buning uchun kuchli institutlar, jumladan erkin OAV va fuqarolik jamiyati kerak, deydi u.

DXX korrupsiya va firibgarlikda gumonlangan mansabdorlarni qo‘lga oldi

Davlat xavfsizlik xizmati Toshkent shahri va Farg‘ona, Namangan viloyatlarida korrupsiya va firibgarlikda gumonlangan mansabdorlarni qo‘lga oldi. Ular fuqarolardan 5−10 ming dollar olayotgan vaqtlarida ushlangani aytilmoqda.

«Urush Putinning birgina qarori bilan bugunoq tugashi mumkin» — AQSh davlat kotibi

AQSh davlat kotibi Entoni Blinken Rossiya-Ukraina urushi Putinning birgina qarori bilan yakunlanishi mumkinligini bildirdi. Shuningdek, Xitoyni Rossiya tashviqotini ilgari surib, xalqaro tashkilotlarda uning manfaatlarini himoya qilishda aybladi.

«Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi hamkorlik qancha ko‘p bo‘lsa, bozor shuncha kuchli bo‘ladi» — Entoni Blinken

AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida savdoni diversifikatsiya qilish va hamkorlikni kengaytirish muhimligini ta’kidladi. U, shuningdek, mintaqa davlatlari Rossiyaning sanksiyalarni aylanib o‘tishi borasidagi harakatlarini oldini olish borasidagi faoliyatini e’tirof etdi.

QQS stavkasining 12% ga tushirilishi narxlar pasayishiga olib kelmadi — PMTI

«O‘zbekistonda qo‘shilgan qiymat solig‘ining 15% dan 12% ga tushirilishi narxlarning tegishli ravishda tushishiga olib kelmagan», — demoqda PMTI ekspertlari. Bunga yashirin iqtisodiyot ulushi kattaligi, raqobat shakllanib ulgurmagani va boshqa omillar sabab sifatida keltirildi.

Mart oyi iliq va yomg‘irli o‘tadi

O‘zbekistonda mart oyi iliq ob-havo bilan boshlanadi. Oyning ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarida harorat kechalari +5…+12 daraja, kunduzi +10…+25 darajagacha o‘zgarib turadi. Ayrim kunlarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

O‘z vaqtida olinmagan pensiyani to‘lash muddati 12 oydan 24 oygacha uzaytiriladi

2024 yildan o‘z vaqtida olinmagan pensiya pulini olish maqsadida murojaat etilganidan oldingi 24 oy davr uchun pul to‘lab beriladi. Qonunchilikka ko‘ra, avval bu muddat 12 oydan oshmasdi.

Tadbirkorlarga nisbatan 3 yil davomida yangi jazo turlari joriy etilmaydi

O‘zbekistonda 1 iyuldan boshlab tadbirkorlarga nisbatan yangi jazo turlarini joriy etishga 3 yillik moratoriy o‘rnatiladi. Savdo qoidalarini buzishni dekriminallashtirish rejalashtirilmoqda.

Toshkentda yo‘lovchi talashib mushtlashgan avtobus haydovchilari 7 sutkaga qamaldi

Toshkentda avtobus haydovchilari yo‘lovchi talashib mushtlashgandi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudi qarori bilan fuqarolar osoyishtaligini buzib, mayda bezorilik sodir qilgani uchun ularning har biriga 7 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Pedagoglar faoliyatiga noqonuniy aralashganlar jarimaga tortiladi

O‘zbekistonda pedagoglarning ishiga to‘sqinlik qilganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi. Ularni takror ma’muriy mehnatga jalb qilganlar BHMning 150−200 baravarigacha jarima yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Toshkentdagi maktablar va ularning atrofi ichki ishlar xodimlari tomonidan qo‘riqlanadi

Toshkentdagi barcha maktablarga ichki ishlar xodimlari biriktiriladi. Ular kun davomida muassasa hududi va uning atrofidagi ko‘chalarda patrullik qiladi. Poytaxt IIBBning qayd etishicha, bu ota-onalarning bola o‘g‘irlash haqidagi mish-mishlar bo‘yicha xavotirlariga javoban profilaktik chora hisoblanadi.

Senat shifokorlarga «noqonuniy to‘sqinlik qilganlik» uchun javobgarlik belgilanishini ma’qulladi

Senatorlar tibbiyot xodimlari faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik uchun ma’muriy javobgarlikni joriy etishni ma’qulladi — BHMning 5−10 miqdorida jarima yoki 15 sutkagacha qamoq. Avvalroq SSV shifokorlarga qilingan hujumni jinoiy javobgarlikka tortishni taklif qilgandi.

Senat «Raqobat to‘g‘risida»gi qonunni ma’qulladi

Oliy Majlis senatorlari tomonidan «Raqobat to‘g‘risida»gi qonun ma’qullandi. Senatorlarning fikriga ko‘ra, mazkur qonunning qabul qilinishi raqobatga qarshi harakatlarning kamayishiga, tovarlarning erkin harakatlanishiga, iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirishga huquqiy asos yaratadi.

O‘zbekistonda ishlab chiqarilmagan tovarlar uchun ham iste’mol krediti ajratiladi

Senat import qilinadigan tovarlarga iste’mol kreditlari taqdim etishga ruxsat beruvchi qonunni ma’qulladi (hozir ushbu turdagi kredit faqat mahalliy avtomobillar va maishiy texnika uchun beriladi). Hujjat prezident tomonidan imzolanishi kerak.

Fransiya fuqarolik milliy aviatsiyasi institutida Mirzo Ulug‘bek haykali o‘rnatildi

Fransiyaning Tuluza shahridagi Fuqarolik milliy aviatsiyasi institutida buyuk astronom va olim Mirzo Ulug‘bek haykali ochildi. Qolaversa, botanika bog‘i hududida «O‘zbek bog‘i»ning ochilish marosimi ham o‘tkazildi.