Jamiyat

Azon.uz faoliyatini to‘xtatdi
5 avgust 2023, 15:33

Azon.uz faoliyatini to‘xtatdi

Islom dini mavzusiga ixtisoslashgan Azon.uz sayti o‘z faoliyatini to‘xtatdi. Bu haqda loyiha asoschisi Mubashshir Ahmad ma’lum qildi. Nashrning ijtimoiy tarmoqlardagi veb-sayti va sahifalari ochilmay qoldi. Azon TV YouTube sahifalaridan diniy videolar olib tashlandi.

FVVning yong‘in nazorati organlariga qo‘shimcha vakolatlar berildi
5 avgust 2023, 14:28

FVVning yong‘in nazorati organlariga qo‘shimcha vakolatlar berildi

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan FVV davlat yong‘in nazorati organlariga obyektlarda bir yilda ko‘pi bilan bir martadan tekshiruv o‘tkazish vakolati berildi. Shuningdek, 50 nafardan ko‘p odam to‘planadigan obyektlarda har chorakda kamida bir marotaba monitoring va profilaktika tadbirlari o‘tkaziladi.

Davr Bank 2023-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi daromadni qayd etgani haqida xabar berdi
5 avgust 2023, 13:00

Davr Bank 2023-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi daromadni qayd etgani haqida xabar berdi

Davr Bank kredit portfeli 25% ga, depozit portfeli esa 21% ga o‘sdi. Bank prognoz qilishicha, yil oxiriga qadar foyda taxminan 40 mln dollarni tashkil etadi.

SSV Toshkentdagi egizak chaqaloqlar o‘limi sabablarini ma’lum qildi
5 avgust 2023, 12:59

SSV Toshkentdagi egizak chaqaloqlar o‘limi sabablarini ma’lum qildi

Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent shahridagi tug‘uruqxonada egizak chaqaloqlar o‘limi sabablarini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, homiladorlik og‘ir asoratlar bilan kechgan, homila ichi infeksiyasi va homilaning bachadonda ko‘ndalang joylashuvi kuzatilgan.

Toshkent viloyatida 13 yoshli qizning zo‘rlanishi bo‘yicha ish sudga oshirildi
5 avgust 2023, 12:05

Toshkent viloyatida 13 yoshli qizning zo‘rlanishi bo‘yicha ish sudga oshirildi

Bahorda 2019-yilda Qibrayda 13 yoshli qiz qo‘shnisi tomonidan zo‘rlangani haqida xabar berilgan edi. Ish sudga oshirildi. Qizning AQShda yashovchi oilasi ishni sudga oshirish uchun ko‘p kuch sarfladi, qator to‘siqlar va hatto tahdidlarga duch keldi.

Samarqandda 42 nafar fuqaro salatdan zaharlandi
5 avgust 2023, 10:56

Samarqandda 42 nafar fuqaro salatdan zaharlandi

Urgutdagi to‘yda qatnashgan 42 nafar fuqaro mayonezli salat iste’mol qilib, zaharlandi. Salatlar to‘ydan bir kun avval tayyorlangani va muzlatgichda saqlanmagani aniqlandi.

“Do‘stlik-2” bekatida erkak bosh kiyimini olish uchun metro relsiga tushdi
5 avgust 2023, 10:19

“Do‘stlik-2” bekatida erkak bosh kiyimini olish uchun metro relsiga tushdi

“Do‘stlik-2” metro bekatida erkak metro yo‘liga tushib qolgan bosh kiyimni olish uchun poyezd yo‘liga tushdi. Unga nisbatan bayonnoma rasmiylashtirildi.

Nima tayyorlaymiz: Lavash
5 avgust 2023, 10:00

Nima tayyorlaymiz: Lavash

Meksikancha burrito, lavash va pishloqdan qilingan chipslar, beyti kebab, lavash hamda malinadan rulet va boshqalar — Zira.uz lavash xamiridan tayyorlangan turli noodatiy taomlarni tayyorlab ko‘rishni taklif qiladi. Retseptlar.

O‘zbekiston-Finlyandiya pedagogika institutiga rektor tayinlandi
5 avgust 2023, 09:52

O‘zbekiston-Finlyandiya pedagogika institutiga rektor tayinlandi

Shahzoda Negmatova O‘zbekiston-Finlyandiya pedagogika institutining rektori etib tayinlandi. U tayinlovga qadar Samarqand davlat universiteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori lavozimida faoliyat yuritgan.

“„Arizangni qaytib ol“, „Oilada bo‘ladi-ku“, deyishmasin”. Senat raisi — oiladagi zo‘ravonliklar haqida
5 avgust 2023, 09:42

“„Arizangni qaytib ol“, „Oilada bo‘ladi-ku“, deyishmasin”. Senat raisi — oiladagi zo‘ravonliklar haqida

Senat raisi Tanzila Narbayeva oiladagi zo‘ravonlar jinoiy javobgarlikka tortilishi, qonuniy jazosini olishi shartligini ta’kidladi. “Mahallalardagi faollaringiz hech qachon: „arizangni qaytib ol“, „oilada bo‘ladi-ku“ deyishmasin. O‘sha zo‘ravon jazosini olishi shart”, — dedi u Xotin-qizlar qo‘mitasi rahbariga.

4-avgust kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti
4 avgust 2023, 21:57

4-avgust kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

7 yilga qamalgan Bloger Abduqodir Mo‘minov, dam olish kunlari asta-sekin pasayadigan harorat, O‘zbekistonda haligacha ishlatilayotgan 400 ga yaqin nosoz lift, ZoodPay`ga qarshi ish ochgan Raqobat qo‘mitasi, Surxondaryo hokimi va maktab direktori janjaliga munosabat va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kun dayjestida.

Buxgalteriya autsorsingi biznes uchun samarali yechim bo‘lishi mumkin
4 avgust 2023, 19:00

Buxgalteriya autsorsingi biznes uchun samarali yechim bo‘lishi mumkin

Buhexpert kompaniyasi vakillari buxgalteriya autsorsingi biznesga qanday yordam berishi haqida so‘zlab berishdi.

Bloger Abduqodir Mo‘minov 7 yil 3 oy muddatga qamaldi
4 avgust 2023, 18:57

Bloger Abduqodir Mo‘minov 7 yil 3 oy muddatga qamaldi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudi bloger Abduqodir Mo‘minovga 3 yil muddatga jurnalistik (blogerlik) faoliyati bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilgan holda 7 yil 3 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tattirilish belgilandi.

Kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi “pregabalin” preparatini tarqatib kelgan guruh fosh qilindi
4 avgust 2023, 18:25

Kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi “pregabalin” preparatini tarqatib kelgan guruh fosh qilindi

DXX va Bojxona qo‘mitasi Xitoydan pochta orqali kuchli ta’sir ko‘rsatadigan “pregabalin” preparatini olib kirib, ijtimoiy tarmoqlar orqali sotib kelgan guruhni fosh qildi. 75,7 kg preparat musodara qilindi.

Toshkent IIBB Freedom Payments kompaniyasida bo‘lgan tekshiruvga izoh berdi
4 avgust 2023, 17:38

Toshkent IIBB Freedom Payments kompaniyasida bo‘lgan tekshiruvga izoh berdi

Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi Freedom Payments kompaniyasida bo‘lgan tekshiruv fuqarolarning plastik kartasidan 12 mlrd so‘m o‘g‘irlangani bo‘yicha tergovga bog‘liqligini ma’lum qildi. Pul to‘lov tizimi orqali xorijga chiqib ketgan, shu sabab organlar tergov tadbirlarini o‘tkazmoqda, deyiladi izohda.

Muvaffaqiyat ortidan quvib: o‘qish uchun Vivobook S 15 OLED`ni tanlashga to‘rtta sabab
4 avgust 2023, 17:00

Muvaffaqiyat ortidan quvib: o‘qish uchun Vivobook S 15 OLED`ni tanlashga to‘rtta sabab

ASUS 2023-yil yangiligi — talabalarga ta’lim va boshqa ishlarda muvaffaqiyatga erishishda yordam beradigan Vivobook S 15 OLED noutbukini taqdim etdi.

Sud qaroriga nisbatan appelyatsiya shikoyatini berish muddati 20 kundan 10 kunga qisqartiriladi
4 avgust 2023, 14:44

Sud qaroriga nisbatan appelyatsiya shikoyatini berish muddati 20 kundan 10 kunga qisqartiriladi

Jinoyat-protsessual kodeksiga kiritilayotgan o‘zgartirishlarga ko‘ra appelyatsiya shikoyatini berish muddati 20 kundan 10 kunga qisqartiriladi, sud qarorlarini kassatsiya tartibida ko‘rib chiqish vakolati viloyat va unga tenglashtirilgan sudlarga o‘tkaziladi.

Toshkentdagi tug‘uruqxonada egizak chaqaloqlar vafot etdi
4 avgust 2023, 14:31

Toshkentdagi tug‘uruqxonada egizak chaqaloqlar vafot etdi

Toshkent shahridagi 6-sonli tug‘ruq kompleksida egizak chaqaloqlar vafot etdi. Bolalar onasi bunga akusher-ginekologning ehtiyotsizligi sabab bo‘lganini aytmoqda.

Jamoatchilik fikri: “Surxondaryo hokimi mansab vakolatini suiiste’mol qilgan”
4 avgust 2023, 12:36

Jamoatchilik fikri: “Surxondaryo hokimi mansab vakolatini suiiste’mol qilgan”

Surxondaryo hokimi va maktab direktori janjali tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘ldi. Huquqshunos va ekspertlar “hokim pedagogni ishdan olishga haqqi yo‘q”, “hokimlarni ta’limga umuman yaqinlashtirmaslik kerak” demoqda. “Hokim qamab, vazir ozod qilsa, sudning nima keragi bor?” degan savol ham berildi.

O‘zbekistonda 400 ga yaqin liftdan nosoz holatida foydalanib kelinmoqda — senator
4 avgust 2023, 11:56

O‘zbekistonda 400 ga yaqin liftdan nosoz holatida foydalanib kelinmoqda — senator

O‘zbekistonda aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilmagan 400 ga yaqin liftdan hamon foydalanib kelinmoqda. Bu haqda Senat yalpi majlisida ma’lum qilindi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting