Poytaxt prokuraturasi Toshkent shahrida 6-sonli tug‘ruqxona akusher-ginekologining ehtiyotsizligi sababli egizak chaqaloqlar vafot etgani haqidagi xabar yuzasidan munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, 22-iyun kuni Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan shahar 6-sonli tug‘ruq kompleksida 26 yoshli ayol D.Sh. 26 haftalik muddatidan oldin egizak chaqaloqlar dunyoga keltirgan.

Biroq, ish hujjatlariga ko‘ra, ertasi kuni ayolning farzandlari tug‘ruqxonada vafot etgan.

Hozirda ushbu holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv davom etmoqda, deyiladi xabarda.