O‘zbekistonda dam olish kunlari havo harorati asta-sekin pasayadi

Shanba kuni O‘zbekistonga Janubiy Ural hududlaridan nisbatan nam va salqin havo massalari kirib keladi. Kunduzi harorat barcha joylarda +35 darajagacha, janubda +38 darajagacha pasayadi.

Bloger Abduqodir Mo‘minov 7 yil 3 oy muddatga qamaldi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudi bloger Abduqodir Mo‘minovga 3 yil muddatga jurnalistik (blogerlik) faoliyati bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilgan holda 7 yil 3 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tattirilish belgilandi.

Sud qaroriga nisbatan appelyatsiya shikoyatini berish muddati 20 kundan 10 kunga qisqartiriladi

Jinoyat-protsessual kodeksiga kiritilayotgan o‘zgartirishlarga ko‘ra appelyatsiya shikoyatini berish muddati 20 kundan 10 kunga qisqartiriladi, sud qarorlarini kassatsiya tartibida ko‘rib chiqish vakolati viloyat va unga tenglashtirilgan sudlarga o‘tkaziladi.

O‘zbekistonda 400 ga yaqin liftdan nosoz holatida foydalanib kelinmoqda — senator

O‘zbekistonda aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilmagan 400 ga yaqin liftdan hamon foydalanib kelinmoqda. Bu haqda Senat yalpi majlisida ma’lum qilindi.

O‘zbekistonda chuchuk suvning qariyb 90 foizi qishloq xo‘jaligida foydalaniladi — Senat

O‘zbekistonda chuchuk suvning qariyb 90 foizi qishloq xo‘jaligida foydalanilib, har gektarga suv sarfi texnologik ilg‘or davlatlarga nisbatan 2−2,5 barobar ko‘p. Bu haqda Senati Kengashining navbatdagi majlisida ma’lum qilindi.

Raqobat qo‘mitasi ZoodPay`ga qarshi ish ochdi

Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi ZoodPay platformasiga qarshi tashkilotning 99 foiz aksiyasi BAAdagi Zooduz kompaniyasiga sotilgani sababli ish qo‘zg‘atdi. Qo‘mita kompaniyaga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda belgilangan javobgarlikni qo‘llash choralarini ko‘radi.

Toshkent IIBB Freedom Payments kompaniyasida bo‘lgan tekshiruvga izoh berdi

Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi Freedom Payments kompaniyasida bo‘lgan tekshiruv fuqarolarning plastik kartasidan 12 mlrd so‘m o‘g‘irlangani bo‘yicha tergovga bog‘liqligini ma’lum qildi. Pul to‘lov tizimi orqali xorijga chiqib ketgan, shu sabab organlar tergov tadbirlarini o‘tkazmoqda, deyiladi izohda.

Jamoatchilik fikri: “Surxondaryo hokimi mansab vakolatini suiiste’mol qilgan”

Surxondaryo hokimi va maktab direktori janjali tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘ldi. Huquqshunos va ekspertlar “hokim pedagogni ishdan olishga haqqi yo‘q”, “hokimlarni ta’limga umuman yaqinlashtirmaslik kerak” demoqda. “Hokim qamab, vazir ozod qilsa, sudning nima keragi bor?” degan savol ham berildi.

Ulug‘bek Lapasov O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili bo‘ldi

Ulug‘bek Lapasov O‘zbekistonning Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi doimiy vakili lavozimiga tayinlandi. U bunga qadar Jenevadagi BMT bo‘linmasi va boshqa xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakil sifatida ishlab kelayotgandi.

Cobalt, Lacetti va Damas uchun shartnoma tuzish qayta tiklandi. Yangi komplektatsiyalar taqdim etildi

UzAuto Motor yetti oydan ko‘proq vaqt o‘tgach, Cobalt, Lacetti va Damas uchun shartnoma tuzishni qayta boshladi, shuningdek, Style Plus pristavkali yangi komplektatsiyalarni taqdim etdi. Avtomobillarni topshirish vaqtini qisqartirish uchun kompaniya “ishlab chiqarish jadvali bo‘yicha sotish tizimi"ni joriy qilmoqda.

Kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi “pregabalin” preparatini tarqatib kelgan guruh fosh qilindi

DXX va Bojxona qo‘mitasi Xitoydan pochta orqali kuchli ta’sir ko‘rsatadigan “pregabalin” preparatini olib kirib, ijtimoiy tarmoqlar orqali sotib kelgan guruhni fosh qildi. 75,7 kg preparat musodara qilindi.

Chirchiqdagi qishloq xo‘jaligi mashinasozligi klasteri traktor ishlab chiqarishni boshladi

Chirchiqdagi qishloq xo‘jaligi mashinasozligi klasteri traktorlar ishlab chiqarishni boshladi, mahalliylashtirish darajasi 25 foizni tashkil etmoqda. Zavod yiliga 15 mingta traktor, tirkama va boshqa texnikalarni ishlab chiqarish quvvatiga ega.

PowerChina kompaniyasi Andijonda 400 mln dollarlik quyosh fotoelektr stansiyasi quradi

Xitoyning PowerChina kompaniyasi Andijonda qiymati 400 mln dollarlik 400 MVt quvvatga ega quyosh fotoelektr stansiyasi quradi. Kompaniya Energetika vazirligi bilan tendersiz shartnoma imzoladi. Energetika vaziri loyihalar nima sababdan bevosita muzokaralar orqali amalga oshirilayotganini tushuntirdi.

Markaziy bank regulyator nomidan odamlarni aldashga urinish holati kuzatilayotganidan ogohlantirdi

Markaziy bank Telegram`da regulyator nomidan soxta kanal ochib, fuqarolarni aldashga urinish holatlari kuzatilayotganini ma’lum qildi. “Markaziy bank tijorat faoliyati bilan shug‘ullanmaydi, shu jumladan, jismoniy shaxslarga kredit ajratmaydi yoki moliyaviy yordam ko‘rsatmaydi”, deyiladi regulyator xabarida.

Toshkentdagi tug‘uruqxonada egizak chaqaloqlar vafot etdi

Toshkent shahridagi 6-sonli tug‘ruq kompleksida egizak chaqaloqlar vafot etdi. Bolalar onasi bunga akusher-ginekologning ehtiyotsizligi sabab bo‘lganini aytmoqda.