Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Negmatova Shahzoda Shuhratovna O‘zbekiston-Finlyandiya pedagogika institutining rektori etib tayinlandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar qildi.

Shahzoda Negmatova 1983-yil Samarqand viloyatida tug‘ilgan. U 2005-yilda Samarqand davlat universiteti (bakalavr), 2012-yilda ushbu universitetning magistraturasini tamomlagan. Mutaxassisligi siyosat falsafasi. Falsafa fanlari doktori, professor.

Mehnat faoliyatini 2007−2022-yillar davomida Samarqand davlat universiteti aspiranti, assistenti, katta ilmiy xodim-izlanuvchisi, kafedra mudiri, dotsent, professor, fakultet dekani lavozimlarida faoliyat yuritib, yetarli tajriba orttirgan.

Shahzoda Negmatova 2 ta darslik, 4 ta o‘quv, 3 ta uslubiy qo‘llanma, 2 ta monografiya, 100 dan ortiq ilmiy maqola muallifi hisoblanadi.

Tayinlovga qadar Samarqand davlat universiteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori lavozimida faoliyat yuritgan.

O‘zbekiston-Finlyandiya pedagogika instituti 2021-yil 29-iyun kuni tashkil etilgan. Institutda o‘quv jarayoni Finlyandiya ta’lim dasturlari va texnologiyalari asosida tashkil etiladi.