Madaniyat vaziri o‘rinbosari Olimjon Namozovich Mirzayev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan mazkur lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Nigoh kanali xabar berdi.

Olimjon Mirzayev 2020 yilning oktabr oyi oxirlarida «Kiberxavfsizlik markazi» DUK direktori o‘rinbosari lavozimidan Madaniyat vazirligiga o‘tgandi.

Uning o‘rnini Murodjon Majidov egalladi. U bunga qadar Vazirlar Mahkamasida mas’ul xodim sifatida faoliyat yuritib kelgan.