30 mart kuni Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga Xorazmda bo‘lib, Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an va uning rafiqasiga hamrohlik qilishdi, deya xabar berdi prezident matbuot xizmati. tantanali kutib olindi.

Urganch xalqaro aeroportida mehmonlarni kutib olish marosimida milliy qo‘shiq va raqslar ijro etildi.



Davlat rahbarlari birgalikda Xivadagi qadimiy obidalarni ziyorat qildi. Jumladan, prezidentlar Xivadagi Ichan qal’aga tashrif buyurdi. Ma’lumot uchun, Xiva shahri 2020 yilda Turksoy xalqaro tashkiloti tomonidan Turk dunyosining madaniy poytaxti, deb e’lon qilingan.



Mehmonlar Ichan qal’adagi Ota darvoza, Ko‘k minora, Ko‘hna ark saroyi va madrasalar, hunarmandlik rastalarini ko‘zdan kechirdi. Pahlavon Mahmud maqbarasi, Juma masjidi ziyorat qilindi. Davlat rahbarlari hunarmandlar, sayyohlar bilan suhbatlashdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston va Turkiya prezidentlari ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar maqomini «keng qamrovli strategik sheriklik» bosqichiga ko‘tarishga kelishib olgani haqida xabar berilgandi.