Vahobov Davron Abdujalolovich Savdo-sanoat palatasi raisi etib tayinlandi, deya xabar qildi SSP matbuot xizmati.

Juma kuni bo‘lib o‘tgan Savdo-sanoat palatasining navbatdan tashqari Qurultoyida O‘zbekiston prezidenti tomonidan SSP raisi lavozimiga taklif etilgan Davron Vahobovning nomzodi delegatlar tomonidan bir ovozdan ma’qullangan.

Davron Vahobov (1981 yilda tug‘ilgan) Toshkent kimyo-texnologiya instituti (2001) va Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini (2003) tamomlagan. 2007 yilda Toshkent davlat yuridik universitetini sirtqi ta’lim bo‘yicha tugatgan.

U Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Oqsaroy textile MCHJ tizimida faoliyat ko‘rsatgan.

Davron Vahobov tayinlovga qadar «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

U fevral oyida sportni rivojlantirish vaziri lavozimiga tayinlangan Adham Ikromov o‘rniga SSP raisi bo‘ldi.