O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov so‘nggi o‘n kun davomida surunkali kasalliklari tufayli Tibbiyot bosh boshqarmasining 1-son Markaziy klinik shifoxonasida tibbiy muolajalar oldi, — deya xabar qildi TIV matbuot xizmati.

Shifokorlarning konsilium xulosasiga ko‘ra, A.Kamilovning salomatligini yanada chuqurrok tekshiruvdan o‘tkazish zarurati yuzaga kelgani sababli, ayni kunlarda Vazir ixtisoslashgan tibbiy ko‘rikdan o‘tish va tegishli muolajalarni olish maqsadida xorijda davolanishni davom ettirmoqda, deyiladi xabarda.