O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an rafiqasi bilan birga Toshkentga keldi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.


Foto: Prezident matbuot xizmati

Toshkent xalqaro aeroportida ularni Shavkat Mirziyoyev va uning rafiqasi kutib oldi.


Turkiya yetakchisi O‘zbekiston prezidenti hamrohligida «Yangi O‘zbekiston» bog‘iga tashrif buyurib, Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

«Mehmonga majmuada aks ettirilgan tarix va mazmun haqida so‘zlab berildi», — deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.