O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Italiya prezidenti Serjo Mattarellaning taklifiga binoan 7-iyun kuni rasmiy tashrif bilan Rim shahriga keldi, deya xabar qildi davlat rahbari matbuot xizmati.

италия, шавкат мирзиёев

Italiya poytaxtining “Fyumichino” aeroportida O‘zbekiston yetakchisining tashrifi munosabati bilan ikki mamlakat davlat bayroqlari ko‘tarildi, faxriy qorovul saf tortdi.

италия, шавкат мирзиёев

Oliy martabali mehmonni Italiya mudofaa vaziri Gvido Krozetto va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

италия, шавкат мирзиёев

Tashrifning asosiy voqealari ertaga, 8-iyun kuni boshlanadi. Shavkat Mirziyoyev u yerda Italiya prezidenti Serjo Mattarella, bosh vazir Jorja Meloni, BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti bosh direktori Syuy Dun’yuy va boshqa rasmiy shaxslar bilan muzokaralar o‘tkazadi.

Tashrifning ishbilarmonlik dasturi Milanda bo‘lib o‘tadi — O‘zbekiston prezidenti Lombardiya provinsiyasi gubernatorini qabul qiladi hamda Italiyaning yetakchi kompaniya va tashkilotlari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazadi.