9-iyun kuni O‘zbekiston mudofaa vaziri general-leytenant Bahodir Qurbonov O‘zbekistonga tashrif buyurgan Qatar bosh vaziri o‘rinbosari — mudofaa ishlari bo‘yicha davlat vaziri Xolid bin Muhammad al-Atiya rahbarligidagi delegatsiyani qabul qildi.

mudofaa vaziri, қаtaр

Mudofaa vazirligining “Gazeta.uz”ga ma’lum qilishicha, uchrashuv davomida vazirlar xalqaro siyosat va mintaqaviy kun tartibining dolzarb masalalari, xavfsizlik va mudofaa sohasidagi hamkorlikning bugungi holati, uning rivojlanish istiqbollarini muhokama qilgan.

mudofaa vaziri, қаtaр

mudofaa vaziri, қаtaр

Shu kuni Xolid bin Muhammad al-Atiya Bahodir Qurbonov hamrohligida Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida joylashgan harbiy xizmatchilarga ust-boshlar uchun materiallar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Barer tekstil” korxonasi va zirhli tank texnikalarini ta’mirlash zavodi bilan tanishgan.

mudofaa vaziri, қаtaр

Eslatib o‘tamiz, yaqinda Qatar amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga kelgandi. Samarqandda bo‘lib o‘tgan muzokaralarda 15 ta ikki tomonlama hujjat imzolangandi.