Shavkat Mirziyoyev Italiyaga rasmiy tashrifning birinchi kunida BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) ofisiga tashrif buyurdi va uning bosh direktori Syuy Dun’yuy bilan uchrashuv o‘tkazdi, deya xabar bermoqda davlat rahbarining matbuot xizmati.

Uchrashuvda O‘zbekiston bilan ushbu muhim ixtisoslashtirilgan xalqaro institut o‘rtasidagi hamkorlikni, eng avvalo, agrar tarmoqni modernizatsiya qilish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash kabi yo‘nalishlarda kengaytirishning amaliy jihatlari ko‘rib chiqildi.

Oxirgi bir necha yilda hamkorlik portfeli uch barobar kengaydi va bugungi kunda yer va suvdan foydalanish, agrosanoat majmui, o‘rmon xo‘jaligi, ekologiya, chorvachilik va ko‘plab boshqa yo‘nalishlarni qamrab olgan.

фао, шавкат мирзиёев

Oziq-ovqat xavfsizligi, fundamental ilmiy tadqiqotlar, qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish, Orolbo‘yining ekologik muammolarini hal qilish va boshqa sohalarda aniq loyiha va tadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutadigan 2030-yilga qadar hamkorlik bo‘yicha yangi keng ko‘lamli dasturni ishlab chiqish ustuvor yo‘nalish sifatida belgilab olindi.

FAO shafeligida Samarqandda o‘tkaziladigan yuqori darajadagi xalqaro konferensiyaga tayrgarlik masalalari ham muhokama qilindi.