5 aprel kuni O‘zbekistonga Eron Islom Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyuradi, deya xabar бермоқдаO‘zbekiston TIV matbuot xizmati.

Bo‘lajak uchrashuvlar va muzokaralar davomida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-logistika va boshqa sohalardagi O‘zbekiston-Eron aloqalarining hozirgi holati va rivojlanish istiqbollarini muhokama qilish rejalashtirilgan, deyiladi xabarda.

Muhammad Javod Zarif 5−8 aprel kunlari Markaziy Osiyo bo‘ylab safari doirasida Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Turkmanistonga ham tashrif buyuradi.

10 fevral kuni Iran Aseman Airlines aviakompaniyasi O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida mart oyidan boshlab Toshkent-Tehron va Tehron-Buxoro yo‘nalishlari bo‘yicha parvozlarni boshlash istagini bildirgan. Gap charter reyslari haqida ketayotgan edi, ammo kelajakda muntazam reyslarni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgandi.

Noyabr oyi boshida Eronning O‘zbekistondagi elchisi Hamid Nayrabodi ikki mamlakat fuqarolari uchun vizalarni bekor qilish va bojxona to‘lovlarini pasaytirishi tarafdori edi. Shu bilan birga, u ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmini oshiradigan Savdo imtiyozlari to‘g‘risidagi Bitim loyihasi ustida ishlarning yakunlanganliginini ta’kidlagandi.