Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan «Jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmon imzolandi. Unga ko‘ra, Huquq-tartibot organlari xodimlari va oila a’zolarining shaxsiy hayoti haqida ma’lumot tarqatganlik uchun javobgarlik belgilanadi.

Farmonga ko‘ra, tegishli vazirlik va idoralar bu to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqishadi.

Shuningdek, xizmat vazifasini bajarayotgan huquq-tartibot organlari xodimlarini kamsitish, sog‘lig‘iga shikast yetkazish, qonuniy talablariga bo‘ysunmaslik va faol qarshilik ko‘rsatganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik choralari kuchaytiriladi.

Ichki ishlar organlari xodimlari va ularning oila a’zolarini davlat tomonidan ijtimoiy-huquqiy himoya qilishning yagona huquqiy asosi va aniq mexanizmlari yaratiladi.