Prezident farmoyishiga asosan, Ravshanjon Nasimov Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi, deya xabar berdi Davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmati.

U 1993 yilda Toshkent moliya institutini «iqtisodchi» mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

Ravshanjon Nasimov bunga qadar Navoiy viloyati Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Shuningdek, prezident farmoyishiga asosan, Botiraliyev Anvarjon Navoiy viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

U 2001 yilda Farg‘ona davlat universitetini «iqtisodiyot» mutaxassisligi, 2004 yilda Bank-moliya akademiyasini «Soliqlar va soliqqa tortish» mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

Anvarjon Botiraliyev ushbu lavozimga tayinlangunga qadar Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Ravshanjon Nasimov ham, Anvarjon Botiraliyev ham soliq xizmatining I darajali maslahatchisi hisoblanadi.