O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining tuzilmasini maqbullashtirish va shtat birliklari sonini qisqartirish to‘g‘risida"gi qarorni imzoladi (Hujjat nusxasi «Gazeta.uz»da mavjud).

Hujjatda Moliya vazirligiga 2021 yil 15 mayga qadar mehnatga haq to‘lashning yagoni tizimini joriy etish bo‘yicha prezident qarori loyihasiни tayyorlash topshirilgan. Hujjat davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, ularning idoraviy va hududiy bo‘linmalari faoliyati samaradorligini oshirishni, yuqori samarali ishlashga intilishni kuchaytirishi hamda xodimlarning o‘z kasbiy salohiyatini oshirishga qiziqishini ta’minlashni nazarda tutishi kerak.

Bundan tashqari, prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Adliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi prezident qarori loyihasini taqdim etishlari shart:

  • mahalliy boshqaruv organlari va davlat organlarida AKTdan faol foydalanish orqali samaradorlikning eng muhim ko‘rsatkichlariga (KPI) asoslangan zamonaviy baholash усулларини joriy etish;
  • administrativ islohotlar doirasida funksiya va vazifalarni takrorlovchi davlat organlari sonini ularning faoliyati samaradorligi va natijakorligini chuqur tahlil qilish orqali qisqartirish;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar hokimliklari tarkibi va boshqaruv kadrlari sonini qayta ko‘rib chiqish.

1 sentyabrga qadar davlat organlarida KPI xodimlari tomonidan erishilgan natijalarni reyting baholash uchun maxsus dasturiy ta’minot kompleksini ishlab chiqish va bosqichma-bosqich joriy etish kutilmoqda.

Hozirgi vaqtda davlat xizmatchilarining mehnati yagona tarif setkasi asosida baholanmoqda.

Prezidentning 2019 yil 3 oktyabrdagi farmoni bilan davlat organi va tashkiloti darajasidan (respublika, viloyat, tuman va shahar), xodimning malaka martabasi (darajasi) va shaxsiy hissasidan kelib chiqqan holda ish haqini belgilashga nisbatan unifikatsiyalashtirilgan talablar o‘rnatilishini nazarda tutuvchi davlat fuqarolik xizmatchilari mehnatiga haq to‘lashning yagona tizimi joriy etilgan.

2020 yilning mayida «Davlat xizmati to‘g‘risida"gi qonun loyihasi muhokamaga qo‘yilgan, biroq qabul qilinmagan edi.

Avvalroq, «Gazeta.uz» O‘zbekistonda davlat organlari xodimlarining soni 15 foizgacha qisqartirilishi va bu bir oydan kamroq vaqt olishi haqida yozgan edi. 1 maydan boshqaruv davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda ularning idoraviy va hududiy bo‘linmalarida jami 5288 ta shtat qisqariladi. Qolaversa, vazirlik va idoralarning 40 nafar rahbar o‘rinbosarlari lavozimlari ham qisqartiriladi.