Prezidentining tegishli Qaroriga asosan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi lavozimiga Sodiq Toshboyev tayinlandi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tayinlovga qadar Sodiq Toshboyev Andijon viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lgan.

Avvalrok, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Abdug‘ofur Ahmedov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etilgan edi.