Prezidentning tegishli Farmoniga asosan, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi negizida Turizm va sport vazirligi tashkil qilindi, deya xabar berdi O‘zA.

Farmonga asosan, Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasida:

  • Bosh vazir o‘rinbosari — Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi lavozimi tugatildi;
  • Bosh vazir o‘rinbosari — turizm va sport vaziri lavozimi kiritildi.

Eslatib o‘tamiz, fevralda prezident raisligidagi yig‘ilishda Sport vazirligi Turizm qo‘mitasi bilan birlashtirilishi, bosh vazir o‘rinbosari, turizm qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov unga rahbar bo‘lishi ma’lum qilingan edi.