Abdug‘ofur Ahmedov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi lavozimidan ozod etildi, deb xabar berdi «Gazeta.uz»ning hukumatdagi manbasi.

U ushbu lavozimda 2019 yil sentabr oyidan buyon ishlab kelgan.

Bungacha Abdug‘ofur Ahmedov Davlat xavfsizlik xizmati Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan. Uning yangi ish joyi haqida ma’lum qilinmadi.