Hukumat qarori bilan Jamshid Abdusalamov Xalqaro hamkorlik va rivojlanish agentligi direktori etib tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bundan avval, Jamshid Abdusalomov Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Xalqaro hamkorlik va rivojlanish agentligi Vazirlar Mahkamasining 30 martdagi qarori bilan tashkil qilingan edi.