Siyosat

Prezident shu hafta Yaponiya yetakchisi va MO davlatlari rahbarlari bilan muloqot qiladi
10 may 2021, 11:40

Prezident shu hafta Yaponiya yetakchisi va MO davlatlari rahbarlari bilan muloqot qiladi

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov davlat rahbarining shu haftada ish grafigidan o‘rin olgan mahalliy tadbirlar haqida ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev hafta davomida ikkita taqdimot va bir videoselektorni o‘tkazadi. Qolaversa, prezident Yaponiya yetakchisi va mintaqa mamlakatlari rahbarlari bilan muloqot qilishi kutilmoqda.

«Bu urush dahshatini anglash, tarixdan saboq chiqarish uchun muhim». Prezident Shon-sharaf muzeyi haqida
10 may 2021, 10:58

«Bu urush dahshatini anglash, tarixdan saboq chiqarish uchun muhim». Prezident Shon-sharaf muzeyi haqida

Prezident Xotira va qadrlash qadrlash kunida Shon-sharaf muzeyiga ham tashrif buyurib, «bu yer xalq muzeyi bo‘lishi kerak», deya ta’kidladi. Hozir muzeyda 12,5 mingdan ortiq eksponat mavjud. «Bu urush dahshatini anglash, tarixdan saboq chiqarish uchun muhim. Muzey bunda asos, tarix bilan bugungi kun o‘rtasida ko‘prik bo‘lishi kerak», — dedi davlat rahbari.

Yangi Namangan tumani hokimligi tashkil etildi
10 may 2021, 10:01

Yangi Namangan tumani hokimligi tashkil etildi

Namangan shahri tarkibida Yangi Namangan tumani hokimligi tashkil etildi. Tumanda qo‘shimcha shtat birliklari ajratilgan holda adliya bo‘limi, davlat xizmatlari markazi va fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tashkil etiladi.

«Urush qatnashchilari haqidagi ma’lumotlarning to‘liq elektron bazasini yaratishning vaqti-soati keldi» — prezident
9 may 2021, 16:33

«Urush qatnashchilari haqidagi ma’lumotlarning to‘liq elektron bazasini yaratishning vaqti-soati keldi» — prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan G‘alaba bog‘iga tashrif buyurdi. Davlat rahbari urush qatnashchilarini tabriklab, Ikkinchi jahon urushida jang qilgan 2 mlnga yaqin vatandoshlarning to‘liq ro‘yxati shakllantirilayotganini ma’lum qildi. Shuningdek, urush qatnashchilari haqida to‘liq ma’lumotlar aks etgan elektron baza yaratilishi ham ta’kidlandi.

«Menga eng katta yordamchi, maslahatgo‘y edi». Prezident Rustam Qosimov oilasiga ta’ziya bildirdi
7 may 2021, 18:12

«Menga eng katta yordamchi, maslahatgo‘y edi». Prezident Rustam Qosimov oilasiga ta’ziya bildirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev juma kuni Rustam Qosimovning vafoti munosabati bilan uning xonadoniga borib, oilasiga hamdardlik bildirdi. «Menga eng katta yordamchi, maslahatgo‘y edi. Ilohim, joylari jannatda bo‘lsin. Ishlarini farzandlari davom ettirsin», — dedi u. Qosimov aprel oyining boshidan beri betobligi tufayli davolanayotgan bo‘lgan, juma kuniga kelib vafot etgan.

Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin G‘alabaning 76 yilligi munosabati bilan bir-birlarini qutladi
7 may 2021, 17:07

Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin G‘alabaning 76 yilligi munosabati bilan bir-birlarini qutladi

Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Davlat rahbarlari MDH, Shanxay hamkorlik tashkiloti va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi doirasidagi sheriklikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashdilar.

Hisob palatasiga davlat boji to‘lamasdan sudga murojaat qilish vakolati beriladi
7 may 2021, 15:04

Hisob palatasiga davlat boji to‘lamasdan sudga murojaat qilish vakolati beriladi

Juma kuni quyi palata deputatlari Hisob palatasiga davlat boji to‘lamasdan sudga murojaat qilish vakolatini berishga oid qonun loyihasini qabul qilishdi. Unda shuningdek, tekshiruvlar o‘tkazish jarayonida tashkilotlar tomonidan palataga kerakli hujjatlar va mutaxassislarni ajratish majburiyati ham belgilanmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida yangi jamg‘arma tashkil etildi
7 may 2021, 12:40

Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida yangi jamg‘arma tashkil etildi

Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida yangi jamg‘arma tashkil etilib, 2021 yilda unga 50 mlrd so‘mgacha miqdorda mablag‘ ajratildi. Ushbu mablag‘lar esa xorijdan jalb qilinadigan malakali tibbiyot xodimlari hamda mahalliy iqtidorli mutaxassislarga zarur shart-sharoitlar yaratish va ularni moddiy rag‘batlantirishga sarflanadi.

Tomskda migratsiya xizmati xodimi O‘zbekiston fuqarosini kaltaklagani yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi
7 may 2021, 12:21

Tomskda migratsiya xizmati xodimi O‘zbekiston fuqarosini kaltaklagani yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Rossiyaning Tomsk shahrida O‘zbekiston fuqarosini kaltaklagan migratsiya xizmati xodimiga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Qishloqlarda 5 tadan chet tillariga o‘qitish nodavlat o‘quv markazlari tashkil etiladi
7 may 2021, 11:38

Qishloqlarda 5 tadan chet tillariga o‘qitish nodavlat o‘quv markazlari tashkil etiladi

Qishloq tumanlarida beshtadan chet tillariga o‘qitish nodavlat o‘quv markazlari tashkil etiladi. Bo‘sh bino ajratish, kerakli jihozlar va adabiyotlar sotib olishga 50 mln so‘mgacha bir martalik beg‘araz ko‘mak beriladi. Bundan tashqari, BMT hamkorligida Diplomatiya universitetida Chet tillarini chuqur o‘rgatish markazi tashkil etilishi kutilmoqda.

Maktablarni rag‘batlantirish uchun prezident sovrini ta’sis etiladi
6 may 2021, 18:19

Maktablarni rag‘batlantirish uchun prezident sovrini ta’sis etiladi

Chet tillari bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatkichlarga erishgan maktablarni rag‘batlantirish uchun prezident sovrini ta’sis etiladi. Unda tuman va shahar bosqichi g‘olibi 100 mln so‘m, viloyat bosqichida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan 250 mln so‘m va respublikada eng yaxshi maktab maqomiga erishgan muassasa 500 mln so‘m bilan taqdirlanadi.

«Hokimlar ham endi chet tilini bilishi kerak» — prezident
6 may 2021, 18:11

«Hokimlar ham endi chet tilini bilishi kerak» — prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev kelgusi yildan boshlab davlat idoralariga ishga qabul qilish va yangi lavozimga tayinlashda xorijiy tilni bilish majburiy bo‘lishini ma’lum qildi. Chet tilini yaxshi bilgan xodimlarning ish haqiga 20 foizgacha qo‘shimcha ustama belgilanadi. Shuningdek, davlat rahbari nodavlat ta’lim tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash, xorijiy tildagi yangi telekanallarni ishga tushirish va qizlarni chet tillarini o‘rganishga faol jalb etish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

2021 yildan chet tili o‘qituvchilariga milliy va xalqaro sertifikatga ega bo‘lish talabi kiritiladi
6 may 2021, 17:58

2021 yildan chet tili o‘qituvchilariga milliy va xalqaro sertifikatga ega bo‘lish talabi kiritiladi

Prezident videoselektorda bundan buyon, xorijiy tillar o‘qituvchilarining oylik maoshi, ularning malakasiga qarab belgilanishini ma’lum qildi. Qolaversa, 2021 yildan chet tili o‘qituvchilariga milliy va xalqaro sertifikatga ega bo‘lish talabi kiritilishi aytildi. «Keyingi 3 yil davomida maktablardagi jami 53 ming nafar chet tili o‘qituvchilari xalqaro sertifikat olishlari zarur», — dedi u.

«Muammolarni sun’iy yaratish, fitna qo‘zg‘ashga o‘xshash harakat qilayotganga o‘xshaydi» — Rasul Kusherbayev «Milliy tiklanish» partiyasi haqida
6 may 2021, 17:37

«Muammolarni sun’iy yaratish, fitna qo‘zg‘ashga o‘xshash harakat qilayotganga o‘xshaydi» — Rasul Kusherbayev «Milliy tiklanish» partiyasi haqida

Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev «Milliy tiklanish» gazetasida O‘zLiDeP partiya a’zolari haqidagi maqolani «bozorbop chiqish» deb atadi. «Hammani birdek, bir qolipda fikrlashga o‘rgatish va ayttirish sobiq ittifoq mafkurasiga xos ish va bu „Milliy tiklanish“ partiyasiga yoqqan ko‘rinadi», — dedi deputat. Kusherbayev partiya muamollarni sun’iy yaratish, nizo chiqarish kabi harakatlarni qilayotganga o‘xshayotganligini ta’kidladi.

«Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi tashkil etiladi» — prezident
6 may 2021, 17:33

«Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi tashkil etiladi» — prezident

Videoselektorda Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi tashkil etilishi ma’lum qilindi. U samarali o‘qitish metodikalari, dastur va darsliklarini bog‘cha, maktab, litsey, oliygoh va o‘quv markazlarida joriy etadi. «Agentlik ta’lim muassasalari, tarmoqlar va hududlarning ehtiyojidan kelib chiqib, kamida 10 ta chet tilini o‘rgatishni tashkillashtiradi», — dedi prezident.

«Har bir bitiruvchi kamida 2 ta chet tilini mukammal bilishi shart» — Shavkat Mirziyoyev
6 may 2021, 17:08

«Har bir bitiruvchi kamida 2 ta chet tilini mukammal bilishi shart» — Shavkat Mirziyoyev

Prezident videoselektorda 53 ming nafar o‘qituvchining atigi 4 foizi milliy va xalqaro sertifikatga egaligi, 11 ming o‘qituvchining 49 foizi esa testdan o‘ta olmaganini ta’kidladi. Davlat rahbari bundan buyon bitiruvchilar kamida 2 ta chet tilini mukammal bilishi kerakligini aytdi. «Bu qat’iy talab har bir ta’lim muassasasi rahbari faoliyatining asosiy mezoniga aylanishi lozim», — dedi u.

Botir Saidov Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari etib tayinlandi
6 may 2021, 16:50

Botir Saidov Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari etib tayinlandi

Xorazm viloyati hokimining turizm va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan Botir Saidov Xorazm viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikasiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

TIV rahbari Abdulaziz Kamilovning may-iyun oylarida Bryusselga borishi kutilmoqda
6 may 2021, 15:32

TIV rahbari Abdulaziz Kamilovning may-iyun oylarida Bryusselga borishi kutilmoqda

O‘zbekiston may-iyun oylarida Yevropa Ittifoqi bilan aloqalarni faollashtiradi. 23−27 may kunlari YeIning Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Piter Burian mamlakatga kelishi, tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilovning esa Bryusselga tashrifi kutilmoqda.

2021 yilda bepul davolanish orderlari uchun qo‘shimcha 80 mlrd so‘m ajratiladi
6 may 2021, 13:26

2021 yilda bepul davolanish orderlari uchun qo‘shimcha 80 mlrd so‘m ajratiladi

2021 yilda respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarida bepul davolanishga orderlar berish uchun qo‘shimcha 80 mlrd so‘m ajratilmoqda. 1 noyabrga qadar bepul tibbiy yordam olish huquqini beruvchi order berish tizimi joriy etiladi. Ehtiyojmand oilalar «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» orqali aniqlanadi.

Toshket shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari tayinlandi
6 may 2021, 12:54

Toshket shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari tayinlandi

Polkovnik Ravshan Sultanxodjayev Toshket shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari — Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i bo‘ldi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting