Siyosat

Timur Allayarov transport vazirining turizm va logistikani rivojlantirish bo‘yicha maslahatchisi bo‘ldi
5 may 2021, 12:23

Timur Allayarov transport vazirining turizm va logistikani rivojlantirish bo‘yicha maslahatchisi bo‘ldi

Transport vazirining logistika va turizmni rivojlantirish bo‘yicha maslahatchisi etib Timur Allayarov tayinlandi.

Buxoro viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
5 may 2021, 11:34

Buxoro viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Buxoro viloyati hokimining turizm masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan Botirjon Shaxriyorov Buxoro viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

Emomali Rahmonning yordamchisi Tojikistonning O‘zbekistondagi elchisi bo‘ldi
5 may 2021, 10:02

Emomali Rahmonning yordamchisi Tojikistonning O‘zbekistondagi elchisi bo‘ldi

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning ijtimoiy rivojlanish va jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha yordamchisi Abdujabbor Rahmonzoda O‘zbekistondagi Tojikiston elchisi lavozimiga tayinlandi.

Mudofaa vazirligi: Rossiya bilan hamkorlik dasturidan xavotirlanish asossiz
5 may 2021, 08:50

Mudofaa vazirligi: Rossiya bilan hamkorlik dasturidan xavotirlanish asossiz

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi Rossiya bilan 2025 yilgacha harbiy sohada strategik hamkorlik dasturi imzolanishidan xavotirlanish «mutlaqo asossiz» ekanini ma’lum qildi. Rossiya va boshqa davlatlar bilan hamkorlik «ishonch, tenglik, o‘zaro hurmat va manfaatlarni hisobga olish tamoyillari asosida quriladi».

Saylov kodeksining 11 ta moddasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritiladi
4 may 2021, 14:42

Saylov kodeksining 11 ta moddasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritiladi

Qonunchilik palatasi deputatlari Saylov kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishga oid qonunni qabul qilishdi. Ular yuqori turuvchi saylov komissiyalarining vakolatlari, okrug saylov komissiyasi tarkibi, ovoz berishda ID kartadan foydalanish va boshqa shu kabi o‘zgarishlarni nazarda tutadi.

Xurshidjon Ahmedov Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari etib tayinlandi
4 may 2021, 12:56

Xurshidjon Ahmedov Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari etib tayinlandi

Xurshidjon Ahmedov Farg‘ona viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Xayrullo G‘afforov Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari etib saylandi
4 may 2021, 12:37

Xayrullo G‘afforov Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari etib saylandi

Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi a’zosi Xayrullo G‘afforov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari bo‘ldi.

Zuhra Ibragimova Qonunchilik palatasi spikerining o‘rinbosari etib saylandi
4 may 2021, 11:45

Zuhra Ibragimova Qonunchilik palatasi spikerining o‘rinbosari etib saylandi

Zuhra Ibragimova Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari, «Adolat» SDP fraksiyasi rahbari etib saylandi.

Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
4 may 2021, 09:52

Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Botir Nuriddinov Namangan viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘ldi.

Qibraydagi yangi bog‘ hududi Toshkent tarkibiga o‘tkaziladi — prezident
3 may 2021, 20:48

Qibraydagi yangi bog‘ hududi Toshkent tarkibiga o‘tkaziladi — prezident

Qibray tumanidagi yangi bog‘ hududi Toshkent tarkibiga o‘tkaziladi, deya ma’lum qildi Shavkat Mirziyoyev. Uning so‘zlariga ko‘ra, 3−4 yil ichida poytaxtda ulkan qurilish ishlari olib borildi va endilikda buni to‘xtatib, shahar tashqarisiga chiqarish kerak.

«Soliq va bank — iqtisodiyotimiz uchun katta to‘siq» — Shavkat Mirziyoyev
3 may 2021, 17:54

«Soliq va bank — iqtisodiyotimiz uchun katta to‘siq» — Shavkat Mirziyoyev

Prezident viloyatlar hokimlariga haftada bir marta bank va soliq organlari rahbarlari bilan shaxsan suhbatlashib, ular faoliyatiga baho berishni topshirdi. Shavkat Mirziyoyev bank va soliq idoralarini iqtisodiyotimiz uchun katta to‘siq dedi. U «xalqimizga o‘zimiz xizmat ko‘rsatishni o‘rganishimiz» uchun banklarning chet ellik investorlar tomonidan xususiylashtirilishiga ruxsat bermayotganini ta’kidladi.

Yaqin kunlarda O‘zbekistonga DIIHBning saylov bo‘yicha dastlabki missiyasi keladi
3 may 2021, 13:48

Yaqin kunlarda O‘zbekistonga DIIHBning saylov bo‘yicha dastlabki missiyasi keladi

YeXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi o‘zining prezident saylovlariga taalluqli dastlabki missiyasini yaqin haftalar ichida yuborishi kutilmoqda. Mazkur tashrifdan maqsad — saylovoldi vaziyat va unga tayyorgarlik jarayonlarini o‘rganishdan iborat. Ehtiyojlarni baholash missiyasi hisoboti asosida saylovda qatnashadigan ekspertlar, uzoq va qisqa muddatlari kuzatuvchilar soni aniq bo‘ladi.

Shavkat Mirziyoyev shu hafta korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha videoselektor o‘tkazadi
3 may 2021, 11:02

Shavkat Mirziyoyev shu hafta korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha videoselektor o‘tkazadi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning shu hafta korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha videoselektori o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari, Tokio Olimpiadasiga sportchilarni tayyorlash masalalari bo‘yicha yig‘ilish bo‘lishi ko‘zda tutilgan.

Toshkent viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
3 may 2021, 10:23

Toshkent viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Jamshid Babajanov Toshkent viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘ldi.

Biz san’atni siyosatga qurol qilinishiga qarshimiz — Alisher Qodirov
3 may 2021, 10:21 1

Biz san’atni siyosatga qurol qilinishiga qarshimiz — Alisher Qodirov

“Milliy tiklanish” partiyasi rahbari Alisher Qodirov Toshkentdagi “G‘alaba qo‘shiqlari” deb nomlangan konsertda SSSR bayrog‘i ko‘tarilganini haqorat va provokatsiya deb atadi. U Bosh prokuraturani vaziyatni baholashga chaqirdi.

Vazirlar 490 mln, hokimlar 245 mln so‘mgacha bo‘lgan xizmat mashinalarini minadi
1 may 2021, 15:16

Vazirlar 490 mln, hokimlar 245 mln so‘mgacha bo‘lgan xizmat mashinalarini minadi

Davlat boshqaruvi va mahalliy hokimiyat organlarida xizmat avtoransport vositalarini biriktirish me’yorlari tasdiqlandi. Endilikda, vazirlar uchun xizmat mashinasining eng yuqori narxi 490 mln, hokimlar uchun esa 245 mln so‘m etib belgilandi.

Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
1 may 2021, 11:22

Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Azizxon Maksumov Andijon viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘ldi.

«Men Mamarizo Nurmuratovga ishonaman, lekin uning tizimiga ishonmayman» — prezident
30 aprel 2021, 19:14

«Men Mamarizo Nurmuratovga ishonaman, lekin uning tizimiga ishonmayman» — prezident

Prezident videoselektorda «O‘zsanoatqurilishbank» xodimlaridan biri katta miqdordagi talon-tarojda ayblanib, hibsga olinganini ma’lum qildi. Har bir bank rahbariga «nimada ayblanayotganini ko‘rish, farzandalrini ko‘z oldigi keltirishi uchun» sud jarayonida ishtirok etish taklif qilindi. «Men Mamarizo Nurmuratovga ishonaman, lekin uning tizimiga ishonmayman», — dedi prezident.

Birorta viloyat rahbari mahalliy sanoat salohiyatidan foydalanishni puxta o‘ylab ko‘rgani yo‘q — prezident
30 aprel 2021, 18:58

Birorta viloyat rahbari mahalliy sanoat salohiyatidan foydalanishni puxta o‘ylab ko‘rgani yo‘q — prezident

Prezident sanoatni rivojlantirishga bag‘ishlangan videoselektorda birorta tuman, shahar yoki viloyat rahbari mahalliy sanoat salohiyatidan foydalanishni chuqur va puxta o‘ylab ko‘rmaganini ta’kidladi. So‘nggi 3 yilda qurilish materiallarini ishlab chiqarish 1,5 baravarga oshga, biroq bu ehtiyojni qoplamayotgani aytildi.

Mirza Azizovni davolashda xorijlik shifokorlar ham ishtirok etgan — SSV
30 aprel 2021, 13:33

Mirza Azizovni davolashda xorijlik shifokorlar ham ishtirok etgan — SSV

Publitsist Shuhrat Rizayev O‘zbekiston xalq artisti Mirza Azizovning sakkiz kishilik xonada yotgani, yaxshiroq shifoxonaga o‘tkazish bo‘yicha undan yordam so‘raganini ma’lum qilgan edi. SSV vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida artistni davolagan shifokorlar va uning turmush o‘rtog‘i fikr-mulohazalarini e’lon qildi. Ta’kidlanishicha, Mirza Azizovni xorijlik, jumladan, oxirgi marta rossiyalik professor-reanimatolog tibbiy ko‘rikdan o‘tkazgan va shu asosda muolajalar qilingan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting