Joriy yildan boshlab chet tillari bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatkichlarga erishgan maktablarni rag‘batlantirish uchun Prezident sovrini ta’sis etiladi.

Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev chet tillarini o‘qitish tizimini takomillashtirishga bag‘ishlangan videoselektorda aytib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Gazeta.uz» muxbiri.

Bunda, tuman, shahar, viloyat va respublika darajasida maktablar o‘rtasida musobaqalar o‘tkaziladi.

Tuman va shahar bosqichida:

  • 1-o‘ringa — 100 mln so‘m;
  • 2-o‘ringa -75 mln so‘m;
  • 3-o‘ringa — 50 mln so‘mdan mukofotlanadi.

Viloyat bosqichida:

  • 1-o‘ringa — 250 mln so‘m;
  • 2-o‘ringa — 200 mln so‘m;
  • 3-o‘ringa — 150 mln so‘mdan taqdirlanadi.

Respublika bosqichida:

  • 1-o‘ringa — 500 mln so‘m;
  • 2-o‘rinda — 400 mln so‘m;
  • 3-o‘rinda — 300 mln so‘mdan rag‘batlantiriladi.

Bundan tashqari, ushbu maktablarning direktorlari va chet tili fani o‘qituvchilari davlat mukofotlariga ham tavsiya etiladi.

Prezident maslahatchisi Abdujabar Abduvaxitov va bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayevga bir oy muddatda ushbu tizimni joriy etish bo‘yicha qaror loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq berildi.