19-dekabr kuni xalq deputatlari Beruniy tuman kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i kengesi matbuot xizmati.

Yig‘ilishda Ikrom To‘rebayevich Xidirov Beruniy tumani hokimi etib tayinlandi. U shu kunga qadar “Qaraqalpaqstan agroklaster” MCHJda faoliyat olib borgan.

Tumanni 2018-yildan boshqarib kelayotgan Atabek Saparbayev oktabr oyida ishdan olingandi.