21-dekabr kuni O‘zbekistonning yangi favqulodda va muxtor elchisi Fariddin Nasriyev Eron poytaxti Tehronga bordi, deya xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi.

Fariddin Nasriyev 1981-yilda tug‘ilgan. Toshkent moliya instituti va Toshkent davlat yuridik institutini (hozir universitet) tamomlagan.

Mehnat faoliyati davomida 1999-yilda bank tizimida, 2003-yildan Tashqi ishlar vazirligining turli tuzilmalarida, jumladan Belgiya va NATOdagi diplomatik vakolatxonalarda ishlagan. Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamentida 3-kotiblikdan direktor o‘rinbosarigacha bo‘lgan pog‘onani bosib o‘tgan.

Fariddin Nasriyev 2018−2023-yillarda O‘zbekistonning Qozon shahridagi (Rossiya) bosh konsulligini boshqargan. U 2015−2023-yillarda Tehrondagi elchi lavozimida ishlagan Bahodir Abdullayev o‘rnini egalladi.